Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə100/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Xat sarlavhasi (mail header) quyidagicha bo’ladi: Email. Xat sarlavhasi;

  • Komu;

  • Kopiya;

  • Vlojeniye;

  • Tema;

Email mijozlari.


Elektron pochtadan foydalanishning turli xil turlari mavjud. Ulardan ayrimlari:

  • Oddiy yozishma. Email asosan xabarlar va fayllarni boshqa kishilar bilan almashish uchun foydalaniladi. Elektron pochta muassasalar tomonidan ilgaridan foydalaniladi. Lekin hozir ko’pchilik undan do’stlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish uchun foydalanadi.

  • Daydi ritsarlar yozishmasi”. Xizmat safarlari davrida, elektron pochta orqali odamlarga xabarlar yuborib, ular bilan idorada bog’lanish imkoniyati. Bugungi kunda istalgan mexmonxona yoki aeroportda telefon liniyasiga ulanish imkoniyatini topish mumkin.

  • Axborot serverlari. Ba’zi Email manzillar alohida xususiyatga ega ular avtomatlashtirilgan. Siz bu manzil bo’yicha qandaydir axborot yoki hujjatga so’rov yuborasiz va sizga avtomatik ravishda kerakli axborotlari bo’lgan javob yubo- riladi. Masalan, Siz 1970 yilning ma’lum kunida qanday voqyea sodir bo’lganini yoki obhavo ma’lumotini bilishingiz mumkin. Bular hammasi oddiy elektron pochta orqali bo’ladi.

  • Jo’natish (mailing lists). Elektron pochta yordamida siz jo’natishga yozi- lishingiz mumkin. Ularning ayrimlari gazetalarga o’xshash tuzilgan: yozilganin- gizdan keyin, siz davriy ravishda nashriyotchidan yangi axborotlar olib turasiz.

Elektron pochta manzillari.


Internetning barcha Email manzillari bir biriga o’xshash ko’rinishga ega.
Email manzil Name @ domain 1. domain 2. domain 3.
Adres o’rtasidagi @(kuchukcha) belgisi manzilni ikki qismga bo’ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o’ngda.
    1. Masofaviy ta’lim texnologiyalari


Ta’lim tizimida masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi – bu sirtqi o’qishning yangi shaklidir. Masofadan o’qish bu mus- taqil o’qishdir. Mustaqil o’qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o’quvchi o’ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o’qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o’zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’quvchi o’zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, mate- riallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishini tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o’qi- tish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxona zarur emas. Masofadan o’qitishda moliyaviy harajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o’qish narxi ham pasayadi. Maso- fadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’quv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’lsa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo’lmog’i zarur.
Masofadan o’qitishning tarkibiy belgilari: o’qituvchi, kommunikasiya va o’quvchi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin