Mbit/sekund–bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlit- langan bitlar soni;
Gbit/sekund–bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlit- langan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Kompyuter tarmog‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini birbiriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa kanallari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash joyizki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish
mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda
berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin. Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turi, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullari, ishlash ishonch- ligi, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlari topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi керак.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa kabeliga ketma-ket ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uza- tiladi;
yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga boshqa qolgan kompyuterlar parallel ravishda ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa kabel- laridan foydalanadi;
halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan.
Amaliyotda ko‘pincha bazali topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishla- tiladi (37rasm), lekin ko‘p tarmoqlar xuddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.