Inson organizmiga elektr tokining ta`siri. Elektr qurilmalarini ishlatishda
izolyatsiya shikastlanishi natijasida mashina korpusi kuchlanish ostida qolib,odam
unga tegib ketginida elektr toki uradi.
Odam tanasi orqali o`tgan elektr toki termik, elektr va biologik ta`sir
ko`rsatadi.
Tokning termik ta`siri terining ayrim joylarini qo`yishida, qon tomirlari,
qon, yurak, miya va boshqa a`zolarining yuqori xaroratgacha qizishida namoyon
bo`ladi.
Tokning
elektr
ta`siri
qon
va
boshqa
organiq
suyukliklarning
parchalanishida namoyon bo`ladi. Oqibatda ularning fizik – kimyoviy tarkibi
buziladi.
Tokning biologik ta`siri organizmning tirik toqkimalari yallig`lanishi va
asabiylashishda namoyon bo`ladi.
72
Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o`pka mushaklari ixtiyorsiz
ravishda tortishib qoladiyu, natijada organizmda xar – xil buzilishlar ro`y berishi,
masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto
batamom to`xtab qolishi mumkin.
Elektr toki ta`sirining bu turlari shikastlanishining ikki turini keltirib
chiqaradi.Elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.
Elektr toki shikastlanishi bu, elektr toki yoyi ta`siri etishi natijasida
organizmning ayrim joylaridagi to`qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr
toki shikastlanishning quyidagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish,
elektr izlari, terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar.
Elektr izlari to`k ta`sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko`rinib turadigan
kulrang yoki och sarik rangdagi dog`lardir.
Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar kesiklar yoki latlar ko`rinishida bo`ladi.
Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib qoladi.
Terining matallanishi elektr yoyi ta`sirida erigan metall mayda
zarrachalarning terining ustki qatlamiga kirib qolishidir.
Bu xodisa, masalan, qisqa tovushlarda, kuchlanish ostida bo`lgan ajratgich
va rubiliniklarni tarmoqdan uzatayotganda ro`y beradi.
Mexanik shikastlanishlar odam orqali o`tayotgan tok ta`sirida mushaklarning
ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, qon
tomirlari va asab tuqimalari uzilishi, shuningdek bo`yinlar qichishi va xatto
suyaklar sinishi mumkin.
Elektr toki urishi deganda, organizm orqali elektr toki o`tganida tirik
to`qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib
qolishi tushuniladi.
Odam organizmi elektr tokining ta`siri qanday oqibatlarga olib kelishiga
qarab, elektr toki urishining shartli ravishda quydagi to`rt darajaga ajratish
mumkin:
1. Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, ammo u xushidan ketmaydi;
73
2 Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, u xushidan ketadi, lekin u
nafas oladi, va yuragi ishlaydi;
3 Daraja odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas
olishi buziladi, (yoki ikkalasi baravar ro’y beradi);
4 Daraja klinik o’lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi
to`xtaydi.
Klinik o’lim xayot bilan o`lim o`rtasidagi holat bo`lib, yurak va o`pka
ishlashdan to`xtagan vaqtidan boshlanadi.Klinik o’lim holatida bo`lgan odamda
xech qanday xayot belgilari bo`lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi,
og`riqni sezmaydi, ko`z qorachig`i kengayadi va yorug`likni sezmaydi.Ammo bu
davr organizmida xayot xali butunlay so`nmagan bo`ladi, chunki uning tuqimalari
darrov o`lmaydi va turli a`zolari xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda
sust, odatdagidan farqli ravishda kechsada, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun
hatarli bo`ladi.
Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo`lgan bosh miya
qobig`ining xujayralari o’la boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujayralarning
faoliyatiga bog’liq. Shu sababli klinik o’limning davom etish vaqti yurakning
ishlashi va nafas olish to`xtagan paytda to bosh miya xujayralari o`la boshlaydigan
paytga qadar o`tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Ko`p hollarda bu vaqt 4—6 minut,
sog`lom kishilarda tasodifan elektr toki urishi natijasida o`lganda esa 7—8 minutni
tashkil etadi.
Biologik (xaqiqiy) o`limni qaytarib bo`lmaydi, xodisa bo`lib, bunda
organizm xujayralari va to`qimalarida biologik jarayonlar to`xtaydi.
Elektr toki ta`sirining oqibati qator omillar ;
Odamdan o`tayotgan tok kuchi va uning ta`siri etib turishi vaqtiga o`tish
yo`liga, tarmoq kuchlanishiga, odam tanasining qarshiligiga, tok turi va
chastotasiga hamda organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bog`lik.
Elektr qurilmalarida qo`llaniladigan kuchlanishlar odamlarni shikastlash
xavfi darajasiga ko`ra uch turga; past volt -12 va 42 V, o`rta - 42 dan 1000 V gacha
hamda yuqori – 1000 dan ziyod kuchlanishlarga ajratiladi. Past voltli kuchlanish
74
shartli ravishda xavfsiz xisoblanadi, ammo muhitga bog`liq ravishda bunday
kuchlanish ham xavf tug`dirishi mumkin.
Odam tanasidan o`tuvchi tokning qiymati bosh omil bo`lib, shkastlanish
oqibati unga bog`liqdir: tok qancha katta bo`lsa, uning ta`siri shuncha xavfli
bo`ladi. Odam o`zi orqali o`tayotgan 50 Gts chastotali va nisbatan kichik 0,5-1,5
mAmper qiymatli tokni seza boshlaydi. Bu tok sezilarli tok deb ataladi. U odamni
shikastlamaydi, shuning uchun xavfsiz xisoblanadi.
Tok kuchi kattalashib borgani sari og`riqni sezish ortib boradi. 10—15mA
/50 Gts li tok mushaklarning kuchli va juda og`riqli tarzda tortishib qolishiga olib
keladi, odam bunday tortishishlarni yenga olmaydi, ya’ni tok o`tayotgan qismiga
tegib turgan qo`lni tortib ololmaydi, simni o`zidan olib tashlay olmaydi va xuddi
tok o`tkazuvchi qismiga yopishib kolgandek bo`ladi. Bunday tok qo`yib
yubormaydigan tok deyiladi.
mAmper-li tok to`g`ridan-to`g`ri yurak muskullariga ta`sir qilib uning
to`xtab qolishiga yoki muskullarga ta`siri qilib uning to`xtab qolishiga yoki
fibratsiyasiga sabab bo`ladi. Bunday sharoitda yurak nasos singari ishlay olmaydi.
Natijada qon aylanishi to`xtaydi va organizm o`ladi.
Odam tanasidagi xar xil to`qimalar elektr tokiga turlicha qarshilik ko`rsatadi.
Masalan,teri, uning epidermis deb ataladigan tashqi qatlamlarining qalinligi 0,1 –
0,5 mm bo`ladi va asosan jonsiz qotib ketgan xujayralardan tashkil topadi. Bu
qatlamning karshiligi katta, bo`lib odam tanasining umumiy qarshiligini
belgilaydi.Odam tanasi ichki to`qimalarning qarshiligi ---- 300 --- 500 Om ni
tashkil etadi. Odam tanasining qarshiligi 3000 dan 1000000 Om gacha o`zgarib
turadi. Shikastlangan tananing qarshiligi eng past 300 --- 500 Om bo`ladi. Tok
kattalashishi va uning tanadan o`tib turish vaqti ortishi bilan ter chiqishi ko`payishi
va boshqa omillar tufayli tananing qarshiligi pasayadi. Qarshilikni xisoblashda
odam tanasining o`rtacha qarshiligi 1000 Om ga teng qilib olinadi.
Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari quyidagilardan
iborat:
75
1. Kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib
ketish, tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish borligini bilmay qolganda yuz berishi
mumkin.
2.Elektr qurilmasining odatdagi sharoitda kuchlanish ostida bo`lmaydigan,
ammo tasodifan kuchlanish ostida qolgan matall qismlariga tegib ketganda.
3.Odam turgan yer Qadam kuchlanishining paydo bo`lish. Bu hol simning
yerga tutashib qolishi, potentsial chiqib ketishi, ximoyalovchi yerga ulash
uskunisining, nollash simning buzilganligi va boshqa sabablar tufayli yuz beradi.
Odamning tok zanjiriga ulanib qolish sxemasi turlicha bo`lishi mumkin:
odatda ikki fazaga tegib ketish; va bir fazaga tegib ketish.
Dostları ilə paylaş: |