Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib


Operatorning charchashini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar



Yüklə 322,86 Kb.
səhifə22/26
tarix21.12.2023
ölçüsü322,86 Kb.
#188143
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

Operatorning charchashini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. 
Zamonaviy avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda inson operatorning 
psihologiya va fiziologiyasi asosiy rolni egallaydi. Ishlab chiqarishda mehnat
sharoitini yaxshilash va ilmiy asosda aniqlash, mehnatni to`g`ri ishlash maromini 
ta`minlash, mehnat tartibi va dam olishni tashkil qilish zarur.
Displey bilan ishlaydigan EXM operatorlarida asosan, bosh og`rishi, bel, 
yelka, orqa og`rishi, ko`z charchashi kuzatiladi. Mehnat sharoitini yaxshilash
chora-tadbirlar orasida eng asosiysi ishchining ish holati va ish maromidir. 


Ish holati. Ish holatini yaxshilashda operatorning ish o`rni asosiy ahamiyat
kasb etadi. Ishchi stol qattiq. holda bo`lishi kerak, chunki kerakli paytda ekranni, 
klaviaturani, dokumentlarni siljitish imkonini bersin. Ishchi stoli va o`tirgichlar
bir-biriga mutanosib bo`lishi kerak. O`tirgichni poldan balandligi 42-55 sm 
bo`ladi. Ishchi kreslo ish davomiyligiga qarab tanlanadi: uzoq vaqt davomida
ishlansa -ogir, kattakon kreslo, qisqa vaqt davomida yengil kreslodan foydalansa 
bo`ladi, chunki ularni joyidan oson siljitiladi. Kresloning tag qismi 5 ta tayanchdan
iborat bo`lishi zarur. O`tirgichlar qulay bo`lishi kerak, uning o`lchami 40x40 
sm.kv. dan oshmasligi zarur (4.1-rasm).


66
Mehnat sharoitini yaxshilashni yana bir chora-tadbiri bu operatorning ish 


maromidir.
4.1-rasm Operator ish o`rniga qo`yilgan talab. 


Ish maromi. Displeylar bilan ishlaydigan operatorni ish maromini yo`lga
qo`yish mexnat xavfsizligini va charchashni kamaytirishni oldini oladi. Ish kuni 
mobaynida ishchining ishlash qobiliyati birdan o`zining eng katta qiymatiga erisha
olmaydi. Operatorning displey bilan ishlaganda ish maromi xar 2 soatda yarim soat 
dam olishi yoki 1 soatda 15 minut dam olib turishi lozim. Bu qisqa-qisqa dam olish
ish qobiliyatini yaxshilash va charchashni oldini oladi. Bundan tashqari, operator 
va mashina o`rtasidagi masofa, shu masofaga binoan ekrandagi yozuvlarni
kattaligi, ekran yorkinligi ham shular jumlasidandir. Ko`z va ekran oraligi 60-80 
sm, kattaligi esa 3-4 mm, optimal kenglik va balandlik 3:4, belgi orasidagi masofa
esa uning bo`yidan 15-20 % bo`lishi kerak (3.2.-rasm). 
4.2.-rasm. Operatorning kompyuterda ishlash paytidagi talab. 

67
Ish joyini rejalashda stolda joylashgan displey va klaviatura turishiga ko`ra 


qo`l holatini ham nazarda tutish kerak.
Bitiruv malakaviy ishi tayyorlangan xonadagi EXM ning klaviaturasi 
ekrandan aloxida joylashgan bo`lib, ish joyi shartlariga muvofiq keladi.
Operator ish o`rnida displey joylashtirilayotganda ko`z va boshning xarakati 
aniqlanadigan ko`rish maydoni ham ko`zda tutiladi. Operator o`z ish joyini
shunday ta`minlashi kerakki, bunda ekran o`rtada, yozilayotgan dokument esa chap 
yonda yoki maxsus joylatirgichlarda turishi kerak. Klaviatura nisbatan tekis turadi,
o`rta qatordagi klavishalar balandligi 2.5 - 5.0 sm . Klaviaturaning o`rta qismidan 
stol qirg`og`igacha bo`lgan masofa 16 sm. EXMlar ish davomida o`zidan turli
rentgen nurlarini chiqaradi. Shuni xisobga olib, ishlash davomiyligini qisqartirish 
kerak, shuningdek, maxsus ximoya ekranlaridan foydalanish kerak.
Mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida tashkiliy, gigienik, texnikaviy 
chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ishchi-xizmatchilar orasida mehnat gigienasi
norma, qoidalariga rioya etish bo`yicha tashviqot ishlari olib boriladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi sanitariya-texnologik, tashkiliy tadbirlarni
ifodalaydi va ishlab chiqarishda sog`lom mehnat sharoitlarini ta`minlaydi. Shu 
maqsadda ishchi-xizmatchilarning salomatligiga ta`sir qiluvchi texnologik jarayon
va uskunalardagi kamchiliklarni yuqotish yo`llarini ishlab chiqardi. Buning uchun 
sanoat korxonalarida texnika taraqqiyoti yutuqlaridan unumli foydalanishni,
jarayonlarni olisdan boshqarish va ishchilarni zararli muhitda ishlashlarining oldini 
olishni, uskunalarni, qurilmalarni ochiq maydonda joylashtirishni, xavo tarkibini
tekshirib turishni, qo`l mehnatini talab qiladigan ishlarda imkoni boricha 
mexanizatsiya vositalari va zamonaviy uskunalarni qullashni, ximoya vositalaridan
foydalanishni zarur deb xisoblaydi. 
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta`minlashda ergonomikaning ham ahamiyati
katta. Ergonomikada insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsiz 
sharoitlarni yaratishga, mehnat unumdorligini oshirishga bog`liq bo`lgan
imkoniyatlar o`rganiladi. 

68
Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog`liq bo`lgan uskuna, qurilmalar 


doirasida axborotni yetkazuvchi-ko`rsatuvchi moslama-mashina modeli bo`lsa,
operator murakkab tizimda bo`lsa ham, boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu 
vazifani bajarish uchun shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o`z
vaqtida mashinaga taalluqli ta`rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab 
va e`tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlashi lozim. Murakkab
xisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq sifatli ishlashiga, 
mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarini
axborot modeliga mos bo`lishiga bog`liqdir. 
Biofizik moslik operatorning ish qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini
ta`minlaydigan atrof-muhitning yaratilishini ifodalaydi. Insonnning kuchi va 
energetik qobiliyati ma`lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqa-
rish tizimida charchash maqsadga muvofiq bo`lmagan oqibatga olib kelishi 
mumkin. Energetik moslik esa operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab
qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, xarakatning aniqligi va tezligi bilan 
mashinani boshqa- rilishidagi kelishuvni ifodalaydi.
Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o`lchami, tashqi fazoning ta`sirli 
imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaning turishi xisobga
olinishini ifodalaydi. Vazifaning to`gri xal qilinishida ish joyi xajmi, operator 
xarakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo`lgan oraliq va
boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi. 
Bulardan tashqari insonning psixik faoliyati ham muhim o`rin tutadi.
Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik kuchlanish darajasiga 
bog`liq. Operator uchun normal sharoitdagi xis-tuyg`u va mehnat qilishi uchun
ruxiy kuchlanish darajasi 40-60% dan oshmasligi ko`zda tutiladi, aks holda bu 
uning ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish binolarini normadagi metereologik va sanitariya-gigiena 
sharoitlari bilan ta`minlashda, ish jarayonida zararli va zaxarli maxsulot-
moddalarning miqdorini chegaralangan darajada bo`lishida, mehnat sharoitlarini 

69
yanada sog`lomlashtirishda, mehnat unumdorligini va mehnat xavfsizligini 


oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega.
Binodagi xavo almashinishi ma`lum mikdorda bo`lishi uchun devor, deraza, 
yopma va fonarlardagi darchalar ko`proq yoki kamroq ochilib, shamol yo`nalishiga
qarab moslamalar yordamida boshqariladi. 
Qish vaqtida binodagi va tashqi xavo xaroratidagi farq katta bo`lganligi
uchun, binodagi xavoni almashtirish kamroq talab qilinadi. Shuning uchun ham 
xavo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 metr
balandlikda o`rnatiladi. Yoz faslida esa xavo oqimi 1,5-2 metr balandlikda 
uyushtirilsa yetarli.
Binolarda, xonalarda shamollatish qurilmalari ish boshlanishidan 10-15 
minut avval ishga tushirilib, ish tamom bo`lganidan 10-15 minut keyin tuxtatiladi.
Sanitariya-gigiena talablariga mos keluvchi yana bir holat xonaning 
yoritilganlik darajasidir. To`g`ri va rejali yoritilgan xonalarda ish unumdorligi
oshadi, toliqish kamayadi va korxonaning xavfsizligi ta`minlanadi. Yaxshi 
yoritilmagan xonalarda ishlayotgan operator yoki ishchi atrofda joylashtirilgan
narsa va buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, ishlab chiqarish sharoitiga moslasha 
olmaydi.
Natijada ishchi mehnat faoliyatida ko`zning zo`riqishi vujudga keladi. 
Xaddan tashqari yoritilganlik ham ko`zga yomon ta`sir ko`rsatadi. Xonaning
normal yoritilganligi 400 lyuks bo`lishi kerak. 
Yoruglik ishchining ish joyiga qaysi tarafdan tushayotganligi ham muhim.
Yoritish tizimi turlarini tanlash asosan bajarilayotgan ishning texnologik 
jarayoniga, kategoriyasiga bog`liq.
Ishchining 
mehnat
faoliyatini 

yaxshilash


uchun

yuqorida


aytib

o`tganimizdek yoritilganlik, namlik, shamollatish kabi holatlarga e`tibor berish


kerak.

Normal sharoitda xonaning namligi 60-70 % atrofida bo`lishi kerak.


Xonadagi xavo almashinishini ham e`tiborga olsak, xar bir xonada 
ventilyator o`rnatilishi zarur.


70



Yüklə 322,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin