boshlovchi:Aziz bolajonlar Islom Karimovning qaynoq fikrlari hammamizga ibrat darsi bo’lishi kerak.
boshlovchi:Islom Karimov fikrlariga amal qilsangiz hech qachon hech kimdan kam bo’lmaysiz.
1-o’quvchi:Inson avvalo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, vafodor bo’lishi zarur.
2-o’quvchi:Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi.
3-o’quvchi:Vatanni asl farzandgina himoya qila oladi.
4-o’quvchi:Dunyodagi eng buyuk jasorat – ma’naviv jasoratdir.
5-o’quvchi:Kuch bilim va tafakkurda.
6-o’quvchi:O’zbek qalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.
7-o’quvchi:Sherdil va o’tyurak yigitlar millat ko’rki, Vatan faxridir.
8-o’quvchi:Bizga bitiruvchular emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak.
9-o’quvchi:Biz Beruniyga, Buxoriylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Muhammad Bobur-ga voris bo’lamiz.
(Bir bola qo’lida Abdulla Oripov rasmini olib chiqadi) 10-o’quvchi:Bir xabar tarqaldi
Yarim tun edi.
Go’yo g’am seliga botdim yo’qoldim,
Kimdir yo’lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi,aziz do’stdan ayrilib qoldim.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga
Teran nazar tashlab o’tdi bu Inson
Millat qadri deya yashab aslida
Xalqining dardiga bo’loldi darmon
O’zbekiston Qahramoni,Xalq shoiri Abdulla Oripov boshlovchi:2017-yil 25-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori chiqdi.
1-o’quvchi:Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qaroriga muvofiq har yili 30-yanvar kunini keng nishonlanadi, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etiladi.