Boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz ijrosidagi "O`zbekiston" raqsiga beramiz.
Boshlovchi: Sahnaga bolajonlarimizni taklif qilamiz.
Nurhayo: Istiqlol quyoshi charog`on, Esmoqda bir mayin sabolar. Nomlari tirikdir har qachon, O`lmaydi xech qachon daholar. Azizbek:Ollohning erdagi soyasi, Doston-u tillarda yashaysiz. Xalqimning ulug`vor qoyasi, Siz mangu dillarda yashaysiz. Soliha: Quyoshsiz charog`on, yulduzsiz, Nur sochib yashaysiz siz abad. Yuksaldi jahonga tutdi yuz, Siz qurgan ulug`vor saltanat. Asadbek: Shod bo`lsin ruhingiz jannatda, Shu tilak tilagay barcha qalb. O`zbek deb atalgan millatga, Istiqlol bitildi siz sabab. Sharofat:Istiqlol safosi gullarda, Esmoqda xur vatan sabosi. Siz mangu yashaysiz dillarda, O`zbekning ey buyuk dahosi. Boshlovchi:Sahnaga yigitlarimizni taklif qilamiz va ular ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Boshlovchi: Marhum yurtboshimizning har bir aytgan so`zlari biz yoshlarga juda katta tarbiya va o`gitdir. Endigi navbatda bolajonlarimiz marhum prezidentimiz aytgan o`gitli so`zlari bilan tadbirimizni davom ettiradilar.
1.O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat. 2.Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak. 3.Vatan menga nima berdi deb emas, men Vatanga nima berdim deb yashash kerak. 4. XXl-asr intellektual yoshlar asri. 5.Eng buyuk jasorat-ma`naviy jasoratdir. 6.Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. 7.Biz xech kimdan kam emasmiz va kam ham bo`lmaymiz. 8.Farzandlarimiz kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishi shart. 9.Dunyoda xech narsa davlatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi. Boshlovchi: Tadbirimizni bolajonlarimiz ijrosidagi qo`shiq bilan davom ettiramiz.
Boshlovchi: Biz muhtaram prezidentimizni yurtimiz mustaqilligi, tinchligi, obodligi, bunyodkorligi va farovonligi yo`lida olib borgan ishlari haqida qancha gapirsak ham kamdir.Biz faqat yurtboshimiz boshlab bergan ishlarini davom ettirib, ular xohlagandek kuchli, bilimli, dono va baxtli bo`lib ularni ruhini shod etishimiz mumkin. Shunung bilan bugungi "Qalbimizda mangu barhayot" nomli xotira kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Istardimki xotira va qadr tuyg`usi xech birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin. Bizning kelajagimiz bo`lgan siz bolajonlar bir kun ulg`ayib prezidentimiz orzu qilganiday aqilli, zukko, bilimli bo`lib, O`zbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun o`z hissangizni qo`shasiz degan umiddaman.
Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani MTT tarbiyachisi S. Ismailova