Xotira – ulug’ qadriyat
tartibot
Maktab majlislar zali tadbirga moslab bezatiladi.
Tadbir o’tkaziladigan joyni “O’tganlar yodi aziz”, “Shahidlar xotirasi mangu barhayot”, “Ajdodlar xotirasi muqaddas va barhayot”, “Xotira – ezgulik sabog’i” kabi shiorlar bilan bezatish mumkin.
Tadbirga II jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, baynalmilal jangchilar, mahalla faollari, hokimiyat xodimlari taklif qilinadi.
Tadbirni maktab rahbari ochib, mehmonlar bilan tanishtiradi, so’ng “Xotira va qadrlash kuni” haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Tadbirning qolgan qismi o’quvchilar tomonidan olib boriladi.
I-boshlovchi: Xotira o’zlikni anglashga, o’tmishni doimo yodda tutishga, bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg’u orqali inson o’zida yaxshi hislatlarni qaror toptirib boradi.
II-boshlovchi: Biz “Millat”, “Vatan”, “Istiqlol” kabi bir necha so’zlarni hurmat bilan tilga olamiz, muqaddas sanaymiz. Ana shu tushunchalar haqida so’z yuritganda, gapning bir uchi xotiraga kelib taqaladi.
I-boshlovchi: Muqaddas sanalgan tushunchalarning hammasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o’tmishni unutmaslik, bugungi kunni to’g’ri tasavvur etish demakdir.
II-boshlovchi: Xotira insonni kelajakka ochiq ko’z bilan qarashga o’rgatadi.
I-boshlovchi: Qadrlash esa, xonadonlarimizga fayz-baraka bag’ishlab, qilayotgan ezgu izlarimizga oq fotiha tilab turgan piru badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo’yishdir.
II-boshlovchi: Prezidentimiz I.Karimovning Farmoniga ko’ra xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, bugun ham el-yurtimiz obro’yini yuksaltirishga, biz yoshlarni tarbiyalashga hissa qo’shayotgan faxriylarning hurmatini joyiga qo’yish maqsadida mana bir necha yildirki, mamlakatimizda 9 may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.
I-boshlovchi: Ozod O’zbekiston bosh egib bu kun,
Shahid farzandlarin nomini yo’qlar.
II-boshlovchi: Qay biri bedarak, qay biri beun,
Uzoq sarhadlarda jimgina uxlar.
I-boshlovchi: Aytish mumkinki, bu nafaqat jang maydonlarida qurbon bo’lganlarni xotirlash, balki front ortida fidokorona mehnat qilgan otaxon va onaxonlarimizga izzat-ikrom ko’rsatish, mustaqil O’zbekiston taraqqiyotiga o’z ulushini qo’shib kelayotgan faxriylarimizni ardoqlash borasidagi xayrli ishlaridandir.
II-boshlovchi: Insonni e’zozlash, izzat-hurmat qilish, o’tgan avlodlar ruhini ardoqlash, har bir fuqaroning Vatan oldidagi qilgan xizmatini qadrlash xalqimizning turmush tarzi, ruhiyati, an’ana va hayotiy odatlariga aylanmoqda.
I-boshlovchi: Buning yorqin dalili “Xotira va qadrlash kuni”ning hayotga tatbiq etilishidir. Xotira o’zining yangicha zamonaviy mazmun-mohiyati bilan ongimizga singib bormoqda.
II-boshlovchi: Bu kunda biz, ona yurtimizni matonat bilan himoya qilgan, Vatanimiz erki va mustaqilligi, ozodligi yo’lida jonini fido etgan vatandoshlarimizni xotirlaymiz.
I-boshlovchi: 1937-1953 yillarda sobiq sho’rolar davrida amalga oshirilgan ommaviy qatog’onlarning oqibatida O’zbekiston bo’yicha 100 ming kishi qatog’onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlangan.
II-boshlovchi: Insoniy qadr-qimmati toptalgan bu insonlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan, deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi.
I-boshlovchi: XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning vujudga kelishi nafaqat italyan va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani barchamizga tarixdan ma’lum.
II-boshlovchi: O’zlarining qabih, yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida Yevropani zabt etgan fashistlar hujum qilmaslik haqidagi shartnomani xoinlarcha buzib Osiyo mamlakatlariga bostirib kirishi, O’zbekistonga ham o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi.
II-boshlovchi: Urush hyech bir xonadonni chetlab o’tgani yo’q. Kimningdir bobosi, yana kimningdir akasi yoki tog’asi urushda shahid ketgan.
I-boshlovchi: Yovuzlikka qarshi jonlar qurbon berilgan. Minglab shaharlarning kuli ko’kka sovurilgan, orzu-umid rishtalari chirt uzilgan.
II-boshlovchi: 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushida Respublikamizda 1.433.230 nafar kishi frontga ketgan. Shulardan 263.005. nafar kishi janglarda halok bo’lgan. Shulardan 132.670 nafar hamyurtlarimiz bedarak ketishgan.
II-boshlovchi: Bir daqiqa sukut saqlang marhumlar haqi.
Ayriliqdan o’rtanadi alamli ko’zlar.
Bu hurmatni demang, yo’q, yo’q, mavhumlar haqi,
Afsus, endi oramizda yo’q bugun do’stlar!
I-boshlovchi: Elimizdan chetda qolgan qabrlar haqi,
Bir daqiqa, bir daqiqa sukut saqlangiz.
(O’tgan shahidlar xotirasiga 1 minut sukut saqlanadi).
II-boshlovchi:
O’tganlar yodiga mangu ehtirom,
Borini qadrlab asraydi ko’zdek.
Oqibat so’zini ko’tarib dilda,
O’zi ham yuksakda yashaydi o’zbek.
I-boshlovchi: “Xotira va qadrlash kuni” yil taqvimidagi tarixiy sanaga aylandi. Bu kunning keng miqyosda nishonlanishini ta’minlashga barcha davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari bosh qo’shishmoqda. Ushbu qutlug’ sana sharofati bilan butun respublikamizda minglab urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko’rsatilmoqda.
II-boshlovchi: Urush dahshatlarini ko’rgan, istibdod zulmini tortgan va istiqlol kunlariga yetgan faxriylar bilan uchrashuvlarda kishilarimiz ma’naviyati boyimoqda, qalblarda xotira va faxr tuyg’usi mustahkamlanmoqda.
I-boshlovchi: Har bir davrning o’z fidoiylari bo’ladi. Ular o’zidan tarixni nurlantiruvchi izlar qoldiradi. Millat sharafi, faxri deganda biz, avvalo, ana shunday siymolarni ko’z oldimizga keltiramiz.
II-boshlovchi: Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy, ibn Sino kabi insoniyat tafakkur dunyosini boyitgan siymolar xalqimiz uchun nechog’liq mo’tabar bo’lsa, To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi vatan ozodligi yo’lida qahramonlik ko’rsatgan zotlar ham millat uchun shunchalik aziz va ardoqlidir.
I-boshlovchi: Dunyo ilmu ma’rifat bilan obod. Lekin, qaramlik nima ekanligini yaxshi bilgan, istibdod sitamini boshidan kechirgan odamlar bu dunyodagi eng noyob ne’mat ozodlik ekanligini juda teran anglaganlar.
II-boshlovchi: Vatan bu ulkan oila. Ota-bobolarimiz oilasini, ahli ayolini yot nazarlardan qanchalik ehtiyot qilgan bo’lsa, ona Vatanini ham shunchalik asragan.
I-boshlovchi: Albatta, milliy ozodlik harakati, o’z Vatanini himoya qilib kurashish insoniy burch sanaladi. Biroq, sho’rolar zamonida adolatsizlik bilan qilingan urushlaru qirg’inlar ham oz emas edi.
II-boshlovchi: Bemaqsad va bema’ni afg’on urushiga majburan tashlangan va minaga urilib parcha-parcha bo’lib ketgan yuzlab o’zbek yigitlarining gunohi nima edi? Farzandining temir tobutini quchoqlab yig’lagan o’zbek onasining faryodi hamon tingani yo’q. . .
I-boshlovchi: Ona yurt bag’ridan juda ham yiroq,
O’zga manzillarda topshirdingiz jon.
Hanuz ko’ksimizni tirnaydi firoq,
Garchi siz muzaffar, g’olib qahramon.
II-boshlovchi: Garchi vatan hamisha yodlar,
Lekin armoningiz sig’mas qabrga.
Hali tug’ilmagan ne-ne zuryodlar,
Barchasi ketdilar siz bilan birga.
I-boshlovchi: Vatan – bizning qismatimiz, nomusimiz, orimiz. Shu bois unga g’animlar tajovuz qilganida hamiyatli, or-nomusli, g’ururli farzandlar oyoqqa turishgan. Vatan himoyasi yo’lida ular jon olib jon berishni mardlik deb bilishgan.
II-boshlovchi: Biz yaxshi eslaymiz. Vatanimizning Janubiy vohasi – Surxondaryo hududlaridagi 2000 yil avgust, sentyabr oylaridagi dushman to’dalari bilan to’qnashuvlar hali hyech kimning xotirasidan ko’tarilgani yo’q. Vatan sarhadlarini yovuz niyatli kuchlardan soqit qilish, ularni tor-mor etish yana yurt o’g’lonlari zimmasiga tushdi va bu yo’lda bir necha mard yigitlar halok bo’lishdi. Bunday kunlar qaytib xalqimizning boshiga tushmasin.
II-boshlovchi: O’tganlarni yodga olib turmush tarzimiz go’zal, tutgan tutimimiz mazmunli, bu dunyoda xotira bilan yashash, uni ardoqlash har birimizni ikki dunyo saodatini ko’rmoqlikdek baxtga ro’para qiladi.
I-boshlovchi: Chunki, marhumlarni xotirlaganda, ular o’zbekligingni unutmadingmi, qarindosh-urug’ingdan, mahalla-ko’yingdan, el-yurtingdan bohabarmisan degan kabi bizni tergaydi.
1-o’quvchi: Vatanni aslida Vatan qilganlar,
Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar.
Tillarin kessalar, ko’zlarin o’ysa,
Bir-biriga dil bilan suxan qilganlar,
Vatanni aslida Vatan qilganlar.
2-o’quvchi: Ergashsa oftobga ergashib yurgan,
Tunlari xobiga ozodlik kirgan.
Ma’rifat bog’ining bog’boni bo’lib,
Har farzand qoshida jilmayib turgan,
Vatanni aslida Vatan qilganlar.
1-o’quvchi: Yovning yaxshisi yo’q degan ham ular,
Zog’ning baxshisi yo’q degan ham ular.
Millatning ko’ksida bo’y cho’zgan chinor,
Har dilda ko’klamdek ko’karib kelar,
Vatanni aslida Vatan qilganlar.
2-o’quvchi: Maqtov malham bo’lmas, bil qurbonlarga,
Oyatda orom bor shahid jonlarga,
Qo’llaring duoga katta och, elim,
Shukrona joizdir, erkli onlarga,
Vatanni aslida Vatan qilganlar,
Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar. (Mahmud Toirov)
I-boshlovchi: Davlatimiz rahbari Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlarida barpo etilgan “Xotira maydoni” xalqimizning milliy qadriyatlari, o’tganlar ruhiga chuqur hurmatni o’zida mujassam etgan, milliy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan haqiqiy ziyoratgohga aylandi.
II-boshlovchi: 9-mayni nima uchun “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlaymiz deganda, men avvalo shuni aytamanki, bu kunda yurt ozodligi, xalqitmizning bugungi hayoti uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimiz xotirasi, jigarbandlarini kutib qalbi to’lgan munis otaxonlarimiz oldida bosh egamiz», - deydi yurtboshimiz Islom Karimov.
I-boshlovchi: Ozod O’zbekiston bosh egib bu kun,
Shahid farzandlarin nomini yo’qlar.
Qay biri bedarak, qay biri beun,
Uzoq sarhadlarda jimgina uxlar.
II-boshlovchi: Manguga tinmishdir qalb tug’yonlari,
Endi xotirangiz yo’ldoshdir bizga,
Xalqimizning fidoiy mard o’g’lonlari,
Allohning rahmati yog’ilsin sizga.
I-boshlovchi: El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo’lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
II-boshlovchi: Yuz, xotira so’zining yonginasida qadr degan iborani ham ishlatamiz. Nima uchun? Chunki, xotira va qadr bir-birisiz yasholmaydi, aytilmaydi va anglashilmaydi. Istardikki, ana shu ikki olijanob tuyg’u hyech birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalblarimizda aks-sado berib tursin.
I-boshlovchi:Sen mening bobomsan – Xotira
Sen mening momomsan –Qadr.
Bir uzun yo’llar-a. . . Xotira. . .
Bir uzun yo’llar-a. . . Qadr. . .
II-boshlovchi: G’alvirak dunyoning bog’lari
Po’panak bog’laydi raxtma-raxt
Xotira – kanglumning tog’lari,
Qadr – kanglum suyangan daraxt.
I-boshlovchi: Muhtarama mehmonlar, aziz maktabdoshlar! “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirimizning tantanali qismini yakunlaymiz. Va xotira, qadr tushunchalari hyech biringizni ko’nglimizni tark etmasligini tilab qolamiz.
II-boshlovchi: Endi e’tiboringizga maktabimiz o’quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturini havola etamiz.
Ijtimoiy, iqtisodiy bilim asoslari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo’limi bosh metodisti
Fotima Holmirzayeva
CHortoq tumanidagi 48- o’rta ta’lim maktabi 10-a sinfida O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov xotirasiga bag’ishlab ‘’Prezident asarlari bilimdoni’ ’mavzusida
o’tkazilgan tadbir
S E N A R I Y S I.
O’qituvchi; Assalomu - aleykum aziz o’quvchilar,
davramiz, maktabimiz mehmonlari.Mana
bugun biz O’zbekistonning Birinchi
Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning
Tavalludining 80 yilligi munosabati bilan
o’tkazilayotgan ‘’Prezident asarlari bilimdoni’’
mavzusida ‘’ ZAKOVAT’’ inteluktual
bahsiga xush kelibsiz.
Davramizni ochib berish uchun so’zni maktabimizning milliy istiqlol g’oyasi ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Umida Jo’raboyevaga beramiz.
Bilimdonlar bellashuvni boshlashdan oldin O’zbekistonimizni buyuk siymosi Mustaqilligimizning
asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimovning hayot yo’llari mazmunli mehnatlari haqida esga olmasdan ilojimiz yo’q. Ularning xotirasi hamon yuragimizda, qalbimizdadir.
O’quvchilar Birinchi Prezidentimiz hayot yo’llari haqida
ma’lumotlar beradilar.
SHu vaqtda ekranda Islom Abdug’aniyevich Karimov haqida tayyorlangan slayd namoyish etiladi.
Hozir bilimdonlar bilan diqqatni jamlovchi o’yinini o’tkazamiz . ‘’Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ‘’ kitobidan keltirilgan jumlalarni davom ettirish mashqini o’tkazamiz;
1.O’zbek halqiga xos xusysiyatlar
Ozaro hurmat,diniy bag’rikenglik,ishonch va e’tiqod
2.Xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi
Alpomish
3.Ta’limni tarbiyadan,tarbiyani esa ta’limdan
ajratib bo’lmaydi,bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasidir.
4.Oldiga qo’yganni emak hayvonnig ishi
Og’ziga kelganni demak, nodonning ishi
5.Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun
Inson avvalo ozini anglashi va tushunishi kerak.
Endi Zakovat inteluktual o’yinini o’tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishtirib o’tamiz.
Bilimdonlar bahsini o’tkazishdan oldin maktab o’quvchilariga e’lon berilgan,’’Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ‘’ asari yuzasidan 30 ta savol tushgan.
Hozir shu savollardan 11 tasi bugungi o’yinda o’ynaladi.
Har bir savolga o’ylash uchun 1daqiqa vaqt beriladi, to’la bo’lmagan javoblarni bilimdonlar o’zlari to’ldirishlari mumkin.
Savollar qo’yidagicha;
1 Eng buyuk jasorat nima?
2.YUNESKO ro’yxatiga qancha moddiy va ma’naviy
obidalar ro’yxatga olingan?
3.AYSESKO tomonidan Toshkent shahrini nechanchi yil Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi.?
4.Imom Buxoriy vafot etgan yili qaysi buyuk siymo dunyoga kelgan?.
5.Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni qanday nomlagan?
6.Qachon ma’naviyat ojiz va zaif nuqtaga, qachon qudratli kuchga aylanadi.?
7.A.Temur loqayd kishilar haqida ‘’Temur tuzuklari asarida nima deydi?
8. I.A.Karimov moddiy va ma’naviy hayotni nimaga o’xshatadi?
9 .Mashxur kishilardan biri loqaydlik haqida nima deydi?
10 .Taraqqiyotning o’zbek modelini ayting.
11. Mafkuraviy immunitet nima?
O’quvchilar bahs yakunida Vatanimiz uchun munosib farzand bo’lish uchun so’z beradilar.
I -IZLANUVCHAN
S -SADOQATLI
L -LAYOQATLI
O -ODIL
M -MATONATLI
A -AQLLI
B -BARKAMOL
D -DONO
U -UMIDLI
G’ -G’AYRATLI
A -AHIL
N -NAMUNALI
I -ITIDORLI
Y - YETUK
E - YETAKCHI
V -VATANPARVAR
I -INTIZOMLI
CH -CHAQON
K -KOMIL
A -AHDLI
R -RAHMDIL
I -IYMONLI
M -MARD
O -OILAPARVAR
V -VORIS BO’LISHGA VA’DA BERAMIZ.
Islom Abdug’aniyevich Karimov hayotiga oid slayd namoyish etiladi.
O’quvchilarni rag’batlantirish bahsni yakunlash.
E’tiboringiz uchun rahmat.
o
Dostları ilə paylaş: |