Salom shirin so`zimiz



Yüklə 281,04 Kb.
səhifə3/30
tarix07.01.2024
ölçüsü281,04 Kb.
#207615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Islom Karimov ssenariylar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xotira
Xotira – ulug’ qadriyat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoyishiga binoan, 9 may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qarori ham e’lon qilindi. Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo’tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo’yishda “Xotira va qadrlash kuni”ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.


Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o’tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog’ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Qadrlash degani — bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko’rsatmoqdir.
Uzoq muddat sobiq mustabid tuzum davrida bunday marosimlar qoralab kelindi, ta’qiqlandi. Istiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Bu kun o’z mohiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qiladi. U odamlardan faqatgina o’tgan ajdodlarni eslash emas, Vatan uchun kurashda haloq bo’lgan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan kishilarning xotirasini yod olish hamdir.
Hozirgi vaqtda yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda. “Xotira va qadrlash kuni” ajdod-avlodlarni bir-biri bilan bog’lash, yurtdoshlarimizda mehr-shavqat, muruvvat, o’zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.
Ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Toshkent shahri markazida barpo qilingan “Motamsaro ona” haykali “Shahidlar maydoni” yaqqol misol bo’la oladi.
Mustaqillikka qadar barcha viloyat va tuman markazlarida “Noma’lum soldat qabri” degan sun’iy nom ostidagi monumentlar barpo qilingan, odamlar shu joylarga o’zlari bilib-bilmay sig’inishar edi. Holbuki, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, urushga ketgan birorta odamning noma’lum bo’lishi, uning ismi sharifi, u to’g’risidagi xotiralar yo’qolib ketishi aslida mumkin emas. Qolaversa, mustaqillik yillari olib borilgan jiddiy izlanishlar tufayli avval “bedarak yo’qolgan” deb hisoblangan minglab nafar marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi – ular qaysi jangda va qachon vafot etgani to’g’risidagi hujjatlar topildi. Ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat “Xotira kitobi” chop etilgani mamlakatimiz tarixida ma’naviy voqyea bo’ldi.
Bir so’z bilan aytganda, inson bolasi izsiz yo’qolib ketishi, “noma’lum soldat”ga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi.
Har bir xonadon, mahalla, tuman, viloyatda hurmat – e’zozga munosib kishilar ko’p o’tgan. Ba’zilarini hatto oila a’zolari, keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Mash’um urushda halok bo’lgan bobolarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan-kun siyraklashib borayotgan faxriylarning, mamlakat ichkarsida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh avlod zimmasidagi ham qarz va farzdir.
Shuningdek keksa, nogiron, qarovchisini yo’qotgan yolg’iz odamlarni ham eslab, ular holidan xabar olish ham hayrli ishlarimizdan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek savob ishni har kim qilishi, savob ishni har kun qilish kerak.



Yüklə 281,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin