Boshqaruvda tashkiliy tuzilmalar
«Struktura» (tarkib) lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog'liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish tarkibi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bo g'langan turli boshqaruv organlari va bo’ g'inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini xal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yukori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish tarkibi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday tarkib odatda «boshqaruv apparati tarkibi» deb yuritiladi. U biror–bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va x.k.) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish tarkibi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Shunday qilib boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, obektlari va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi.
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy tarkiblari mavjud. (1-chizma).
Boshқarish tarkiblarining tashkiliy turlari
Chiziqli funk-tsiolnal tarkib
Funk-tsional tarkib
Chiziқli shtabli tarkib
Chiziqli (pog’ona-li) tarkib
1-chizma. Boshqarish tarkibining tashkiliy turlari.
Tashkiliy tarkiblarni xosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |