`
443
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA AKT DAN FOYDALANISHNING
SAMARALI USULLARI
Mansurova Charos
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
45-maktab amaliyotchi psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7488352
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim
tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim
tizimining takomillashuvi, va bu ta’lim tizimi
ta’limda ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida
yangi qaror
va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z
boradi.
Kalit so’zlar:
ta’lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat.
Kirish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor
qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni
sog‘lom va har tomonlama
yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini
joriy etishga qaratilgan
umumiy ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning umumiy ta’lim
bilan qamrovini ta’minlash, umumiy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-
metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish,
sohaga malakali
pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini
ko‘rsatmoqda. Umumiy ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, bolalarning
sifatli umumiy ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, umumiy ta’lim
xizmatlarining nodavlat sektorini
rivojlantirish maqsadida, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Umumiy
ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi umumiy ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.