Samaraqand davlat universiteti


Umumrivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə59/80
tarix22.07.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#137159
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH

Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qoʼl va yelka uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qoʼllarni yuqoriga, oldinga, yon tomonlarga koʼtarish, tovonlarni juftlab, oyoqlarni ochib, tik tutgan holatda oyoq uchida koʼtarilish. Qoʼllarni koʼkrak oldida tutgan yoki yelkalarga qoʼygan holatdan ularni yuqoriga yon tomonga choʼzish. Yelkalarni koʼtarish va pastga tushirish. Tirsakdan bukilgan qoʼllarni oldinga va yon tomonlarga shahdam yozib (barmoqlar musht qilib siqilgan), tirsaklarni orqaga bukish (2-3 marta) va qoʼllarni koʼkrak oldidagi holatdan yon tomonga choʼzish. Qoʼllar tirsakdan bukilgan, barmoqlar yelkaga tekkan holda aylanasimon harakatlarni bajarish. Bir qoʼlda halqani aylantirish; qoʼllar oldinda, barmoqlarni ochish va yopish, bosh barmoqni bukish va barmoqlarni navbatma-navbat uning ustiga bukish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Oʼtirgan holda oyoqni oldinga uzatib chalishtirish. Qoʼllarni bosh orqasiga, yelkalarga qoʼyib turib-oʼtirish. Turgan holatda har bir oyoqni navbat bilan bukish, ketma-ket 2-3 marta bukib koʼtarish. Oyoqlar keng yozilgan holda oʼtirish, oyoqni oldinga siltab koʼtarib, oyoq uchini toʼgʼrilab, oldinga choʼzilgan qoʼllarning kaftlariga tekkizish. Narvon pogʼonasini, stul suyanchigʼini bir qoʼl bilan ushlab turib, oyoqni erkin ravishda oldinga va orqaga silkitish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Boshni pastga egish, yuqori koʼtarish, oʼng va chap tomonga burish. Qoʼllarni yuqoriga koʼtarib, yon tomonlarga yoyib, belga tirab, bosh orqasiga qoʼyib yon tomonlarga burilish. Qoʼllarni yuqoriga koʼtarib, atrofga yozib, oldinga engashish. Turgan holda gavdaning yuqori qismini aylantirish. Orqaga tayanib oʼtirib, ikki oyoqni koʼtarish, oyoq uchlarini choʼzish, oyoqlarni xuddi shu holatda tutib turish. Chalqancha yotgan holatdan yarim oʼtirish va yana yotish. Orqa bilan yotib, ikki oyogʼini baravar koʼtarish. Orqa bilan yotgan holatda gimnastika oʼrindigʼida tortilish. Gimnastika narvonchasining pogʼonasidan ushlab, bir qoʼl va oyoqni harakatlantirish. Gimnastika narvonchasiga orqa bilan suyanib turish va ikki qoʼlni boshdan oshirib, uning pogʼonasini mumkin qadar yuqorirogʼidan ushlash; tizzalab yurish (tizza koʼzidan bukilgan oyoqlarni yerdan navbatma-navbat koʼtarish).

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin