yoshli bolalar ham faqat 20 minutgina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarini yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar (M.C. Grombax).
Jismoniy mashqlarni bajarish
muskul ishini faollashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, simpatik
asab tizimi faoliyatini, umuman miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional ijobiy holatning tiklanishiga, diqqatning aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.
Turli xarakter va intensivlikdagi mashqlarning bolalarning jismoniy holati va aqliy ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish sport daqiqalarga kiritiladigan mashqlar bolalarda emotsional holat- ni uyg‘otishi, intensiv bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Jismoniy tarbiya daqiqalari tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyda yugurish (30-40 sekund) kiradi. Sport daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llariga mo‘lj allangan 2-3
xil mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlari hamda oyoq mashqlarini oladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari 2-3 minut davom etadi.
Ikki xil kam harakatli mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffuslar to‘p, arg‘amchi bilan o‘ynash yoki harakatli o‘yin, estafetalar- dan iborat bo‘ladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi jismoniy mashqlar asab tizimini faollashtirish va bolalarning faol faoliyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ular qayta saflanish, qomatni, qo‘lni mayda muskullarini shakllantirishga
yordam beradigan, harakatli o‘yinlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘yinlar 2-3 minutdan 10 minutgacha davom etadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan jismoniy daqiqalarga turli xil mashqlar tanlanadi.
1-mashq. Tayoqcha bilan bajariladigan mashq:
D.h.: tik turish, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan holatda.
1–4 tayoqcha yuqori ko‘tariladi va tushiriladi. Mashq 6–8 marta takrorlanadi.
2–mashq.
D.h.: tik turish,
oyoqlar yelka kengligida, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan.
1–2 oldinga engashib, tayoqchani polga qo‘yish. 3–4 dastlabki holatga qaytish.
10–15 marta arg‘amchilarda sakrash.
Jismoniy daqiqalarga mashqlar qanday tanlanadi?
Dostları ilə paylaş: