Metod topshirig’i: Klaster metodida Kompyuter grafikasi, uning turlari, qo’llanilish sohalari mavzusidagi ma’lumotlar bilan to’ldiring.
Metodning berilishi:
Kompyuter grafikasi, uning turlari, qo’llanilish sohalari Qo’llanilish sohalari
O’qituvchi javobi:
Fraktal
Vektorli
2D va 3D
Rastrli
SMM yuritishda
Kompyuter grafikasi va uning turlari Qo’llanilish sohalari Qo’llanilish sohalari
Reklamalar
Qurilish obektlari maketlarini yasashda
Illustratsiyalar
Web-design sohasida
Xujjatlar uchun rasmlar
2-METOD. B | B | B METODI
Bilaman | Bilishni hohlayman |Bilib oldim Metod bayoni: Yozish sohasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga Bilaman, ikkinchi bandning yuqori qismiga Bilib oldim, uchinchi bandning yuqori qismiga esa Bilishni xoxlayman degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’quvchilardan Scratch muhitida ko’p sahnali o’yinlar yasash mavzusi yuzasidan qanday malumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni Bilaman nomli bandga yozib qo’yiladi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilguniga qadar davom etadi. Makur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etmasligi kerak (chunki bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Keyingi bosqichda o’quvchilarga Scratch muhitida ko’p sahnali o’yinlar yasash mavzusiga oid matnlar tarqatiladi ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o’zlashtirilganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar Bilib oldim nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga davat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar Bilishni xoxlayman ustunga yozib boriladi.
Metod topshirig’i: Scratch muhitida ko’p sahnali o’yinlar yasash mavzusi asosida BBB metodi jadvalini to’ldiring.