Olingan natijalar va ularning tahlili. Raqamli texnologiyaning tarkibiy
tuzilishida uchta omil asos hisoblanadi (avtomatlashtirilgan kompyuter, sun‟iy
intellekt va umumiy ma‟lumotlar ba‟zasi). Bular inson omilidan tashqarida
kechadigan texnologiyalashish jarayonini yuzaga keltirdi. Ya‟ni “raqamli
iqtisodiyot”, “raqamli boshqaruv”, “raqamli tibbiyot”, “raqamli madaniyat”, “raqamli
ta‟lim”, “raqamli xizmat ko„rsatish” va hokazolar shular jumlasidan.
Raqamli texnologiya qudrati, imkoniyatlari, cheksizligi borasida G„arb
tadqiqotchilari shunday xulosa beradi: texnologiya inson ongini abadiy o'zgartirdi va
o'zgarish sur'ati faqat tezlashmoqda. O'tgan yil yoki hatto o'tgan oy qiziq bo'lgan
yangilik, bugungi kunda unchalik qiziq bo'lmasligi oddiy holdek qabul qilinadigan
bo„lib qoldi. Jamiyatning barcha jabhalariga texnologik integratsiya yuzaga keldi.
Endilikda, ijtimoiy hayotimizda umumiy qarash tendensiyasi qaror topa
boshladi[5,12-15]. Bunga: 1) istiqbolli maqsad; 2) raqamli harakat; 3) raqamli
madaniyat; 4) raqamli takomillashish; 5) professional amaliyotdagi raqamli
mukammallik; 5) raqamli fuqarolik va hokazolarni kiritish mumkin.
Raqamli texnologiyalar pozitivlik jihatidan jamiyat taraqqiyotiga qanday ta‟sir
etishi mumkin? Ijtimoiy hayotimizda kechayotgan texnologik rivojlanish oqibatlari
insoniyat kelajagi uchun qay darajada foydali hisoblanadi? kabi sovollarga javob
berishga
urinayotgan
olimlarning
xulosalari
quyidagicha
bo„lmoqda:
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy