Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4


etishning nazariy va amaliy asoslari



Yüklə 59,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix18.12.2023
ölçüsü59,74 Kb.
#184265
1   2   3   4   5   6   7
raqamli-texnologiyalar-va-ularning-jamiyat-taraqqiyotidagi-o-rni

etishning nazariy va amaliy asoslari 
 
 
 
 
225
 
May 12-13 
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference 
birinchi texnologik inqilob −
tosh, bronza va temir davriga to'g'ri keladi; 
ikkinchi texnologik inqilob
− "sanoat inqilobi" bilan bog„liq, ya‟ni energiya, 
shu jumladan suv, bug', elektr va yonish energiyasini o'zgartirishga qaratilgan 
ixtirolar, kashfiyotlarga borib taqaladi; 
uchinchi texnologik inqilob
− raqamli texnologiya, jumladan, uning hamma 
joyda mavjud bo'lgan aloqasi va kuchli sun'iy intellekti hisoblanib, bu bosqich 
insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy evolyutsiyasida yuzaga kelgan eng so'ngi texnologik 
taraqqiyot to'lqinidir. Bu ilmiy prognozni ilgari surgan Kaliforniya universiteti 
professori Martin Hilbert, o„z nazariyasini shunday izohlaydi. Biz yashayotgan 
zamon − texnologik inqilobning uchinchi davri hisoblanadi. Chunki, 1980-yillarning 
oxirlarigacha dunyodagi raqamli texnologik maʼlumotlar, umumiy ma‟lumotlar 
ba‟zasini 1% dan kamrogʻini tashkil etgan bo„lsa, 2012-yilga kelib bu koʻrsatkich 
99% dan oshib ketdi[6]. Olimning keltirib o„tshicha hozirgi davrda ma'lumotlarni 
amaliy bilimga aylantirish tendensiyasining tezlashuvi natijasida, ma‟lumotlarni 
avtomatlashtiradigan algoritmlar yaratilmoqda. Albatta bu jarayon, raqamli 
texnologiyalar evolyutsiyasidagi kulminatsion nuqtani ko„rsatadi.
Jorj Meyson universiteti professori Zoltan Acs va boshqa olimlar tomonidan 
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko„rsatadiki, raqamli texnologiyalarning 
paydo bo'lishi ortidan o„zimizga zarur bo„lgan ma'lumotlarni qidirish, ularni saqlash, 
umumiy hajmini ko„rib chiqish yoki hisoblash, ma‟lum maqsadlar yo„lida 
foydalanish, kerakli nuqtaga uzatish imkoni kengaydi. Bu albatta iqtisodiy 
xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirgina qolmay, balki yangi iqtisodiy faoliyatni 
amalga oshirishda muhim vositachi ham bo„lmoqda. Masalan, raqamli texnologiyalar 
infratuzilmasi, ko'p tomonlama raqamli platformalar va platformaga asoslangan 
ekotizimlar (foydalanuvchilar va tadbirkorlar) yaratilishida qulay texnologik muhit 
yaratildi deb, raqamli texnologiyalarni yuzaga keltiruvchi omillarga quyidagilarni 
asosiy sabab sifatida keltirib o„tadi: 
1) 1971 yilda mikroprosessor, chip ustidagi kompyuter ixtiro etilishi, keyingi 
bosqichda shaxsiy kompyuter, internet, smartfon va elektron hisoblash kabi texnika 
inqilobiga sababchi vositalarni yuzaga keltirdi; 
2) so'nggi 50 yil ichida iqtisodiy faoliyat yirik byurokratik to„siqlardan holi 
makonga o„tishi “raqamli texnologiyalar”ga bog„liq ekanligi ham haqiqat; 
3) raqamli texnologiyalar iqtisodiy faoliyatga ta'sir qiluvchi besh xil 
xarajatlarni kamaytiradi. Bularga qidirish, takrorlash, tashish, 
kuzatish va tekshirishni kiritish mumkin; 



Yüklə 59,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin