Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi. Milliy istiqlol g


MAVZU MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING INSON ONGI



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə29/36
tarix09.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#109926
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
fayl Milliyistiqlolgoyasifanidanmaruzalar

14MAVZU
MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING INSON ONGI
VA QALBIGA SINGISHI: YANGICHA USLUBLAR, YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR
«Albatta, mafkurani bir kun yoki bir yilda yaratib
bulmaidi. Chunki mafkura shakllanadi, shakllantirib
shdi. Uning asosiy tamoyillarini ishlab chisish
mumkin. Ammo bu tamoyillar real xayotda o’z o’rnini
topmasa, bunday mafkura fasat sogozda bo’ladi, xolos».

Islom KARIMOV


Reja.
1.Milliy istiqlol |g’oyasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zarurati va ustuvor yo’nalishlari
2.Fukaro tarbiyasini tashkil etish: dunyo tajribasi va muammolari.
3.Ommaviy axborot vositalari va g’oyaviy ta’sir kursatish mexanizmlari.

  1. Mafkuraviy tarbiyani samarali tashkil etish imkoniyatlari.

Nima uchun milliy istiqlol royasini inson ongi va qalbiga singdirish zarur va muhim? Milliy istiqlol yeoyasining targiboti nimaga xizmat qiladi va bu jarayon qanday tashkil qilinishi kerak? Umuman, milliy g’oyaning targiboti bilan kimlar va qanday tuzilmalar shujullanishi kerak? Mazkur mavzuni o’rganish shu kabi savollarga javob topish imkonini beradi.


XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb bora rasm bo’lmokda. Chunki asrimizda keng qamrovda jadal sur’atlarda tarqalayotgan informasiyalar insonnng istaklarini, didini o’zgartirishga, fikriga ta’sir qilipsh mumkin. Tan olish kerak tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha eoringki, o’qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkurag ta’sir samarasiga ega ularda muayyan g’oyalar targib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko’z bilan ilgab bo’lmaydi» degan fikrni yana bir karra tasdi^aydi. Bunday ko’zga ko’rinmas qudratli tarshbot kuchlari kipshni hamma yerda va Har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi — insonni :imagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og’dish Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o’z diniga e’tiqod qilishga chaqiraXalqaro maydonda ba’zi davlatlar o’zining «katta og’a» uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo’ladiku. Agar o’sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo’lsachi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o’sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag’darishga chaqirayotgan bo’lsachi? Bunday buzgunchiliklardan xalqni kim qaytaradi? Yoki jahonda «katta og’a»largogag qo’lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligani kim tushuntiradi? Bu kabi targ’ibotni yoki aksiltargibotni kim tashkil qilishi kerak?
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targibot tizimiga ega bo’lishga intilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, o’z faoliyatiyugag targibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo’lmasa kerak. Fransiya ham o’z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma’lumotlar targibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma’naviyma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etiishni ko’rsatadi. Demak rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.
Puxta ishlab chiqilgan strategik yo’nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. O’zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g’oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning taqdiri, so’zsiz, har bir fuqaro, aniqrori, insonning faolligiga bog’liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ’iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko’rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O’zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targib qilishni talab etadi. Bunday targibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’minlash»ga xizmat qiladi.
O’zbekiston hayotidagi o’zgarishlar insonlar ongida ham katta o’zgarishlar qilishni talab etadi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisi tarbiyalash haqida jiddiy qayrurishi, tabiiy. Demak O’zbekistonda ham «komil inson» g’oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko’ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.
Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hyech kimga sir emas. Shuning uchun yot g’oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunday sharoitda begona g’oyalarning qo’poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg’ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari1 ishlab chiqildi. O’zbekistonda milliy istiqlol g’oyasining targ’ibottashviqoti ana shu asosiy g’oyalar, tushunchalar va tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
Milliy g’oya va targibot, tashviqot tushunchasi, milliy istiqlol g’oyasining targ’ibottashviqoti haqida to’xtalishdan avval "targibot" va "tashviqot" tushunchalarining o’zagiga e’tibor qaratish zarur. "Targ’ibot" tushunchasining o’zagini "ragbat" so’zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga ragbatlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot" tushunchasining o’zagi esa "shavq" so’zidan olingan bo’lib, u kishida biror narsaga shavd uyg’otishga yo’naltiriladi. Ochigi, targ’ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targibotchilarni bekorga «inson qalbining sozlovchilari» deb atamaydilar. Demak targibottashviqotdan maqsad bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo’lsak "milliy istiqlol g’oyasi" haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g’oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki milliy g’oya chuqur e’tiqodga aylangan taqsirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bo’ladi. Buning uchun esa xalqda mafkuradan o’rin olgan g’oyalarga kuchli ishonch, e’tiqod va unga amal qilish bo’lishi lozim.
Milliy g’oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo’nalishlari XXI asrda insoniyat o’z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo’ydi. Dunyoda katta o’zgarishlar sodir bo’layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni o’zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bo’ldi. Texnologayalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli ko’rilmagan darajada o’stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xo’jaligida qo’llanilmayapti, balki ma’naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o’z samarasini ko’rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish milliy istiqlol g’oyasini targib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko’rsatadi. Milliy istiqlol royasini xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketmaketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muximligi shunda ko’rinadiki, masalan, targibotda me’yorning buzilishi, milliy mafkura to’g’risida hadeb va noo’rin gapiraverish, me’yorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targibot texnologiyasi milliy mafkura mazmunmohiyatiga mos bo’lgan taqdirdagana kutilgan natijaga erishish mumkin.
O’zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tkazilishini ta’minlash;
• milliy istiqlol g’oyasining targaboti sifatini muntazam oshirib borish;
• davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo’llarini izlash;
• bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo’l qo’ymaslik;
• mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;
• mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko’rinishlariga barham berip
• mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
Milliy g’oyaning targibottashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
keng kamrovlgshik bunda jamiyatning barcha a’zolariga g’oyalar xilmaxilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo’rinlari g’oyaviy ta’sir doirasida qamrab olinadi; — umumiy maqsadga yo’naltirilganlik; — faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi;
uzluksizlik — milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy istiqlol g’oyasini xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi, Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko’rgazmali qurollar milliy istiqlol g’oyasiga uygun bo’lishi talab etiladi;

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin