Ayupovrx-DEL-@tfi.uz Bu yozuvdan insonlar sizning xaqiqiy manzilingiz qanday ekanligini osongina bilib oladilar, avtomat dasturlar esa xuddi shu elektron manzilni sizniki sifatida qabul qiladilar.
ICQ peydjerlari xam juda yuqori darajadagi xavf tug’diradigan servislardan biri hisoblanadilar. Bu yerda oddiy ma’lumot almashinishdan tashqari, o’ta xavfli dasturlar ko’rinishidagi fayllarni xam almashinish mumkin. Bunda fayllar bilan ishlash qoidalari elektron pochta orqali biriktirilgan fayllarni qabul qilish qoidalari singari bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam jo’natilgan fayllarni antivirus dasturlar yordamida tekshirmasdan turib, aslo ochmang. Muloqot tizimlaridagi insonlar bilan muloqot qilganingizda, ularni real insonlarmi yoki qalbaki ma’lumotlar asosida ishlaydigan insonlarmi yoxud firibgarlarmi – aniqlab oling. O’z xaqingizdagi ma’lumotlarni esa imkon darajasida boshqalarning bilishiga yo’l qo’ymang. Muloqot tizimlari bilan bog’liq potentsial xavflaridan yana biriga sizning IP-adresingizning aniqlanilishi mumkinligidir. Bu adres orqali sizga tashqaridan ta’sir o’tkazilishi mumkin. Shuning uchun ICQ da ishlaganda IP-adresingizni ko’rsatishni ma’n etuvchi belgichani o’rnating.
6.4. Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar Yuqorida aytilgan barcha ma’lumotlarni jam qilgan xolda foydalanuvchining internetda ishlash xavfsizligi darajasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya etish talab qilinadi:
Eng yangi antivirus bazasiga ega bo’lgan antivirus dasturlarni kompyuterga o’rnatish va uning yordamida yangi va eski faylllarni tekshirib chiqish;
Foydalanilayotgan operatsion tizimlarning yangi versiyalari bo’yicha ma’lumotlarni bilish va ularga yangilangan himoya imkoniyatlarni qo’shib qo’yish;
Operatsion tizimni shunday sozlash lozimki, unda tarmoqda xavfsiz ishlash imkoniyatalari ta’minlansin;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Iloji boricha eski operatsion tizimlardan voz kechish va yangilarini ishlatish;
Doimiy ravishda tarmoqda ishlash bo’yicha amaliy dasturlarni yangilash, shu jumladan, internet-brauzerni, pochta dasturlarini va boshqalarni;
Kompyuter viruslari, xavfli dasturlar va tarmoq xujumlari boshqa vositalarning ta’sirini minimallashtirish maqsadida elektron pochtani, brauzerni va pochta mijozlari servislarining ko’rsatgichlarini sozlash (nastroyka qilish);
Ishonchga sazovar bo’lmagan manba’lardan (noma’lum web-saytlardan, elektron pochta orqali jo’natilganlar, telekonferentsiya va muloqot tizimlaridan) olingan fayllarni kompyuterga joylashtirmaslik va ularni saqlamaslik. Shubxali faylllarni darxol yuqotish;
Pochta ma’lumotlari olinmaganligi xaqidagi ma’lumotlarda buning sababiga e’tibor bering va agar bu ma’lumotlar kompyuteringizdagi fayllarda virus mavjudligiga ishora qilgan taqdirda tegishli antivirus amallarni bajaring;
Imkoniyat boricha tizimda parollarni (internet bilan ulanish, elektron pochtaga kirish va boshqalar uchun kerak bo’lgan login va parollarni) saqlamang yoki ularni tez-tez o’zgartirib turing;
Doimiy ravishda juda muxim ma’lumotlarning rezerv nusxalarini olib qo’ying;
Yoningizda doimo tizimni yuklash disklari bo’lsin va agarda kompyuteringiz virus bilan zararlangan bo’lsa, tizimni disk orqali ishga tushirib, antivirus orqali tekshiring;
Eng foydali bo’lgan va aqlga muvofik bo’lmagan takliflar ko’pchilik xollarda firibgarchilik bo’lib chiqadi;
Moliyaviy piramidalar bilan ishlash ko’pchilik xollarda kattagina mablag’larni osonlik bilan yo’qotishga olib keladi. 7-BOB. KRIPTOVALYUTALAR BOZORIDAGIELEKTRON TIJORAT 7.1.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “uzoqlardan-masofadan turib” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni, elektron to’lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi. O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul o’tkazmalarining foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va mulohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish ya’ni, pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi. Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin hamyonlar anonimdirlar (ya’ni, hamyonning egasikim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.Tizimdagi hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu kompyuterlar foydalanuvchilarning komp’yuterlari ham bo’lishi mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa “mayning” deya nom olgan.Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklar tomonlarini keltirib,ularga izoh beramiz: • Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 milliontagacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgartirib turaveradi. • To’liq mahfiylik. Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida esa noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi. • Ta’minlanmaganlik. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech gap emas.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva • Rasmiy ravishda ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (shu jumladan, bizning mamlakat ham)kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’ullanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’liq yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonuniylashtirishsa, bitkoin real valyutaning o’rnini egallashi ham mumkin bo’ladi. • Unchalik mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar, Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxurlashishi chegaralangani boyis bitkoin to’liq ishlatilmayapti. Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini (shartli belgilari,piktogrammalarini) quyida nazardan kechirishingiz mumkin: Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva