«Nigeriya xatlari» Bunda sizga qandaydir sabablar tufayli o’z qonuniy merosini ololmayotgan yoki merosni taqsimlanmay qiyin axvolga tushib qolganlar nomidan xatlar kelib, merosni olishga moliyaviy yoki qandaydir turdagi yordam berishni so’rashadi. Agar siz bu taklifga rozi bo’lsangiz, sizga kattagina mablag yoki merosning bir qismi taklif qilinadi. Bu firibgarlikni internetda emas, balki afrika davlati Nigeriyada kashf qilishgan va bu firib keyinchalik internetga xam ko’chib o’tgan.
«Omadingiz kelgani xaqidagi xat» Bunda sizga lotoreyadan yoki shunga o’xshash bir nimadan katta yutuq yutganligingiz xaqida elektron xat keladi. Ushbu yutuqni olishingiz uchun esa yutgan davlatingizga qandaydir miqdorda to’lov (soliq, sug’urta, badal yoki foiz) to’lashingiz kerakligi ma’lum qilinadi. Agar siz soliqni to’lashga rozi bo’lsangiz, qandaydir firmaning xuquqshunosiga muroja’at qilishingiz kerakligi o’qtiriladi. Xuddi shu xuquqshunos sizning pulingizni amal-taqal qilib shilib olish uchun o’zining barcha maxoratini ishga soladi.
«Konfiskatsiya qilingan tovarni sotib oling» Bunda sizga qaysidir mamlakatda bojxona organlari tomonidan musodara qilingan maxsulotlarni juda past narxlarda sotib olish yoki uni sotish jarayonida dallol sifatida ishtirok etish taklif qilinadi. Agar ko’nsangiz, sizdan bu mamlakatga
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva kelish yoki ma’lum miqdorda sheriklik badali yuborish taklif etiladi. Ikkala xolatda xam maksad bitta – sizdan qandaydir miqdordagi pulni undirib olishdir.
«Vishing» Bu usul yuqorida ko’rib o’tilgan fishing usuliga juda xam o’xshash bo’ladi, ammo bunda e-mayl o’rniga internetdan SMS ma’lumot keladi. Bu xam internetdagi to’lov tizimlari imkoniyatlaridan foydalanib sizni chuv tushirishga mo’ljallangan.
«Farming» Fishingga juda o’xshash bo’lgan bunday firibgarlikning moxiyati foydananuvchini haqiqiysiga juda ham o’xshash boshqa bir saytga yo’naltirishdan iborat bo’lib, ushbu sayt yordamida sizga qandaydir tuzoq qo’yiladi yoki sizga nisbatan elektron xiylagarlik tadbiri uyushtiriladi. Bunda agar siz sayt nomini to’gri kiritsangiz xam, maxsus dasturlar sizni soxta saytga yo’naltiradi.
«Karding» Ushbu firibgarlik usuli bank kredit yoki debet kartalari bilan bog’liq bo’ladi. Bunda qandaydir internet magazin yaratiladi va unda arzon maxsuolotlar sotilishi reklama etiladi. Ammo bunday internet magazinlar xech nima sotmaydilar, balki ular sizlarning bank kartalaringiz ma’lumotlarini yigish bilangina shugullanadilar. Keyinchalik bu yig’ilgan ma’lumotlar boshqa turdagi firibgarliklarni tashkil qilishyoki nimanidir reklama qilish uchun ishlatiladi.