LITECOIN (LTC)ning BITCOIN (BTC)dan asosiy farqlari:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoinga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayning jarayonining afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada.
Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq real vaqt sarfi kerak bo’lishi;
Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar;
Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi;
Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esaBTC ga nisbatan to’rt marta ko’p deganidir (21*4);
Yangi bloklar generatsiya qilinganiuchun mukofotlanuv miqdori ham 840 000 blokdan so’ng, ikki baravarga kamaytiriladi;
Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (chunki ular bir-biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi va xolat istalgan daqiqada batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi.
Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilarda deb ta`kidlashimiz mumkin: 1. Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga o’tkazishni rejalashtirganligi;
2. Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 3. Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom yo’qqa chiqarganligi, laytkoinga bo’lgan umidni oshirdi;
4. Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000 dollargacha kattalikka o’sa olishiga ishonadilar;
5. Kriptovalyutalarning asosiy birjalari o’zida laytkoinlardan ham foydalanish mumkinligini bildirdi;
6. Yuqoridagi ko’rsatilgan sabablar tufayli ko’pchilik insonlar yaxshi umid bilan laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar.
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Valyuta Kod Yaratilgan vaqti Muallif Faollik Sayt Xesh Izox Bitcoin
BTC
2009
Satoshi Nakamoto
Ha
bitcoin.org
SHA-256
Birinchi va eng ommabop kriptovalyuta, proof-of-work
Litecoin
LTC
2011
Coblee
Ha
litecoin.org
Scrypt
proof-of-work
Namecoin
NMC
2011
Vinced
Ha
dot-bit.org
SHA-256
proof-of-work. Markazlashmagan DNS sifatida, internet-tsenzurani qiyinlashtirish maqsadida
Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida qisqacha tavsiflab o’tamiz: