Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalarini joriy etish.
Taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun normativ-huquqiy va me'yoriy bazani takomillashtirish;
Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish;
Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;
Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;
Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va kompaniyalar reestrini yuritish;
Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining taqsimlangan reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini oshirish;
Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish;
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda yuqori texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish, yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat.
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 1. Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan:
global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan o’zlashtirish;
O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish;
blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish;
mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish;
blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash;
Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik tashkilotlar, olimlar va professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish;
Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit va bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib ishlash.
2. Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan: