Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ICO ga investor bo’lib, an’anaviy moliyaviy instrumentlar bilan ishlash tajribasi yo’q insonlar ham qatnashishi mumkin. Shuning uchun ham tokenlarni ko’pincha malakali va professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga ishonadigan yoki shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday insonlar birjada yoki Forex da ishlash tajribalari yo’q bo’lgani bilan, ishni darhol kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kriptokraudfunding bilan bir qancha Rossiya kompaniyalari ham shug’ullanadilar va blokcheynlarni o’z loyihalari real iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masalan, 2017 yil may oyida Moskva viloyatidagi “Kolionovo” nomli qishloq xo’jalik fermasi ICO yordamida $500 ming jalb qilishga erishdi. Bu ferma “kolion” deb nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va uni fermaning mahsuloti bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab chiqaradiganZrCoindeb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi Waves platformasidagi ICO vositasida 4000 investordan salkam $7 mln investitsiya jalb qilishga erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir kilogram tsirkoniy dioksidi narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb qilingan investitsiya yordamida zavod quradi va keynchalik o’z foydasidan investorlarga ularning tokenlariga mos ravishda to’lovlarni amalga oshiradi. Bu kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini real mahsulot ishlab chiqarishga bog’ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o’z off-line bizneslarini rivojlantirish uchun qo’shimcha vosita sifatida ishlatdilar. Shuni ham aytish kerakki, ICO lar muvaffaqiyatining poydevorlaridan biri marketing jarayonini samarador va aqlga muvofiq ravishda amalga oshirishdir.
ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar, balki yirik kompaniyalar ham qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda investorlar va startaplar uchun mo’ljallangan amerika platformasi taqsimlangan tarmoqlar qurish Protocol Labskompaniyasi bilan hamkorlikda CoinList platformasini ishga tushirdilar. Bu platformaning missiyasi turli kompaniyalarga ICO tashkil qilishni osonlashtirishdir. Blokcheynlarni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga bag’ishlangan va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan Ethereum Enterprise Alliancekorxonalar al’yansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq kompaniyalar kirgan. Bular jumlasiga Microsoft, JPMorgan, Chase, Toyota, Merck va boshqa katta kompaniyalarni
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva kiritish mumkin. Shuning bilanbir qatorda bitkoinlarni to’lov vositasi sifatida qabul qiladigan yirik kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress
Aviabiletlar qidirish sayti Expedia PayPal to’lov tizimi
Yer yo’ldosholi televidenie provayderi Dish Network Latiya aviakompaniyasi AirBaltic Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi
On-line supermarket Yulmart Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani bilan kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo’lga qo’yish jarayoni ancha past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog’ston va boshqa hamdo’stlik mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning statusi umuman aniqlangan emas. Ularning konstitutsiyalarida kriptovalyutalarga o’xshash pul surrogatlarining pul aylanishida ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan foydalanish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan va uni qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. Agarda “barcha qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan foydalanish mumkin” degan mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi deb o’zimizni ovuntirishimiz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida tushumovchilik kelib chiqqanda, ularning o’z qonuniy xuquqlarini himoya qilishlari katta muammo bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni kriptovalyutalarga sotib olish tomonlar orasidagi o’zaro kelishuvday bo’lib, o’zaro kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha xuquqiy asos topish mumkin bo’ladi. Shuning uchun ham bizda xozircha kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Keyingi paytlarda ko’plab kompaniyalar tomonidan ICO ga qiziqish tobora ortib borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur blokcheyn-startapi tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi ishida buzilishlar ro’y berdi. Kriptovalyutalarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-izlanish Smith + Crown on-line resursi xozirgi vaqtdaICO tashkil qilayotgan yoki 2017 yil noyabrigacha bu ishni amalga oshirmoqchi bo’lgan 50 kompaniya haqida ma’lumot bergan. Buning ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida moliyaviy puffak xosil bo’lmoqda va agarda bu puffak yorilsa, ushbu segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga bo’lgan qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo’lgan katta qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap biznesga venchur investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina kapital jalb qilish va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan ham klassik usuldagi investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot qilishingiz kerak, birjaga kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar emissiya qilishingiz zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat qilinadi va xakozo. Bu qiyinchiliklarni aylanib o’tib, investitsiyalar uchun kerakli bo’lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb qilish juda ham oson yo’l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham bor. Bu xududni terra incognito deb bilib, qonun bilan to’qnashib qolmaslik uchun extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo’ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy shaxs, agar ularning ishonchini qozona olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish bilan bog’liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to’liq tanishtirmagan” deb, kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyutalar yuqori darajadagi riskka ega bo’lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul, chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat ham beradilar. Lekin ko’pchilik ekspertlarning fikriga ko’ra, uzoq muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori o’sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada kengroq miqyosda qo’llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida investorlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko’zda tutilgan
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva xuquqiy asos bo’lmagani tufayli, investorlarning juda katta