Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tizimi banklar raqamli transformatsiyasini amalga oshirishning muhim elementlaridan biridir.
Banklarning raqamli transformatsiyasi raqamli strategiyani ishlab chiqish va qo’llash bilan bog’liq kompleks yondoshuvni talab qiladi. Transformatsiya moliya-kredit faoliyatini yuritishning barcha jihatlarini, shu jumladan, bankning boshqaruv mexanizmini raqamlashtirishni ham qamrab oladi va samaradorlikni maksimal ravishda oshirishga yordam beradi. Raqamli strategiya quyidagi to’rt asosiy masalani hal qilishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak:
Raqamli texnologiyalarni ish faoliyatiga tadbiq qilish;
Hizmatlar bahosi yaratilish jarayonining transformatsiyasi;
Raqamlashtirishning moliyaviy aspekti;
Tashkiliy tuzilmaning o’zgarishi.
Raqamlistrategiyaningmuvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilishi uchun yuqorida sanab o’tilgan rivojlanish yo’nalishlarini koordinatsiya qilish talab etiladi. Bu esa ko’p jihatdan bankning operatsion modeli qandayligiga bog’liq bo’ladi. Ammo barcha banklar uchun yagona operatsion model mavjud emas, shuning uchun bankning qandayligiga bog’liq ravishda quyidagi raqamli strategyalardan foydalanish mumkin:
1. Federativ model– bunday operatsion modelni raqamli transformatsiyani asta-sekin amalga oshiradigan yirik banklarda qo’llash mumkin bo’lib, unda raqamlashtirish faoliyat yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda ba’zi bir tashkiliy bo’limlar raqamli texnologyalarga bo’lgan harajatlar oqimini mustaqil ravishda nazorat qilib turib va hodimlarga yangi ko’nikmalarni singdirigan holda raqamli strategiyani amalga oshirishda ishtirok etadilar. Lekin boshqa bo’limlar raqamli transformatsiyada ishtirok etmasliklari ham mumkin. Bunda vaqt o’ishi bilan barcha hodimlr raqamli iqtisodiyotning afzalliklarni ijobiy baholagan holda bu jarayonda ishtirok etishga harakat qila boshlaydilar. Bunday operatsion modelga misol bo’lib, elektron hujjat aylanishiga o’tishni ko’rsatish mumkin. Ya’ni bu modelda yangiliklar bir
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bo’limdan boshqasiga o’tib boradi va vaqt o’tishi bilan bank faoliyatiga doimiy asosda tadbiq qilinadi.
2. Ajratigan servislar modeli.Firma raqamli transformatsiyaning muhimligini anglaganidan so’ng va raqamli strategiyani amalga oshirish bo’yicha birinchi qadamlarni qo’yganidan keyin, kattaroq bo’lgan banklarda ajratilgan servislar modelidan foydalanish mumkin bo’ladi. Bunda bir qanha o’xshash funktsiyalar bitta markazlashgan bo’limga beriladi. U yoki bu operatsiyalarni bajarishga mas’ul bo’lgan bo’lim bo’linadigan servislar Markazi bo’lib qoladi. Bunday model bir qancha funktsiyalar tashqi kontragentlar tomonidan ta’minlab beriladigan autsorsingning analogi bo’lib qoladi. Bunday operatsion model yaratishning asosiy maqsadi - bank ichidagi amallar moslashuv darajasiining oshirilishi (ratsionalizatsiyalash) hamda mavjud biznes-jarayonlarning standart qaytarilib turuvchi operatsiyalar yo’qligi tufayli optimallashtirilishi hamda ba’zi bir bank operatsiyalariga bo’lgan harajatlarning kamayishidir.
3. Kompetentsiyalar strategik markazlarini yaratish modeli -Raqamli transformatsiya sharoitlarida bank operatsion modeli rivojlanishining keyingi bosqichi tashkiliy birlik sifatidagi kompetentsiya markazlarini tashkil qilishdir. Bunday markazlar ma’lumot yig’ish va tahlil qilish asosida information tizimlarni hamda biznes jarayonlarni nazorat qiladilar va ularni maksimal samarador ishlatish usullarini topadilar. Tashkiliy tuzilmaning bunday elmenti raqamli strategiya yaratish bo’yicha harakatlarni koordinatsiya qiladi, bozordagi tendentsiyalarni bashorat qiladi va raqobatbardoshlilikni oshirish maqsadida bankka takliflar tayyorlaydilar.
4. Raqamli operatsion model– Bu model raqamli transformatsiyani tugallash arafasida bo’lgan banklarda qo’llash uchun mo’ljallangan. Modelni bir tarmoqli tashkilotlar uchungina ishlatish mumkin. Bankning faoliyatida raqamli platformaning mavjudligi raqamli operatsion modelni ishlatish uchun asos bo’la oladi. Hozirgi davrda bunday model mobil to’lov tizimlari hizmatlari taqdim etadigan kompaniyalarda yoki zamonaviy on-layn bankingdan foydalanadigan banklarda qo’llaniladi. Bank sektori operatsion