Kriptografiyaning asosiy bo’limlari – simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, elektron imzoli tizimlar va kalitlarni boshqarish. Maqsad izokvantasi– “kutish vaqti–pullarni sarflash”, to‘plamini tasvirlab berish, ularning har biri berilgan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Is’temolchi ikki resursni: vaqt va pul ishlatib maqsadga erishadi. Bu vaziyatda, u kapital va mehnatni ishlatish yo‘li bilan berilganmahsulot hajmini ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan ishlab chiqaruvchiga o‘xshaydi. MRR (Monthly Recurring Revenue) – kompaniyaning barcha mijozlari keltiradigan oylik daromad miqdori. MOTO – Mail Order or Telephone Order – telefon yoki pochta orqali zakaz. MVP – Minimum Value Product – minimal miqdordagi hayotiy mahsulot. Meritokratiya– insonlarning ijodiy qobiliyatini amalga oshirgan farovonlikni taqsimlashga moslashgan iqtisodiy va siyosiy hokimiyat tizimidir. Meritokratiya demokratiyani o‘rniga keladigan, tadbirkorlik qobiliyatini amalga oshiradigan, muvofiq farovonlikni taqsimlashga asoslangan hokimiyat tizimidir. Meritokratiya axborotlashgan jamiyatda hokimiyat tizimi bo‘lib, demokratiya–industrial jamiyatda hokimiyat tizimidir. Mobil tijorat(mobile commerce, m-commerce) – mobil vositalar yordamida amalga oshiriladigan elektron tijorat texnologiyasi. Model Freemium – demonstratsion versiya bepul beriladi, qo’shimcha imkoniyatlar esa pulga beriladi. Model Free-to-Play – barcha funktsional tekinga beriladi. Model Full-Crowdsoursing – mahsulot kraudsorsing platformasida kraudsorserlar tomonidan ko’ngillilik asosida va tekinga yaratiladi. NASDAQ(National Association of Securities Dealers Automated Quotation) – Yuqori texnologiyali firmalarning aktsiyalari bilan savdi qiluvchi amerika elektron birjasi. Near Field Communication (NFC) –ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi simsiz aloqa texnologiyasi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva