Kraudsorsing platformasi–Internet orqali kraudsorserlar tomonidan yo’natilgan ma’lumotlari, g’oyalarni yoki moliyaviy mablag’larni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishga mo’ljallangan dasturiy-texnologik servis.
Kraudfonding - Internet tarmog’idagi kraudfonding platformasidan foydalangan holda biror bir loyihani amalga oshirish uchun maqsadli va ihtiyoriy moliyaviy mablag’lar yig’ish usuli. Kreativ kapital– nomoddiy farovonlik bo‘lib hizmat qiladigan, oliy faoliyat bilan to‘ldirilgan vaqt davri bo‘lgan nomoddiy boyliklar oqimining manosi sifatida individlarning shaxsiy sifatlarining yig‘indisi. Kreativ kapitalning ishlatilayotgan hajmi uning potensial hajmidan kam, bu individ daromadining chegaralanganligi va boshqa tashqi omillar bilan bog‘liqdir. Kreativ individual farovonlik– inson hayoti faoliyatining umumiy hajmida yuqori ijodiy faoliyati vaqtining solishtirma ulushi. Kreativ farovonlikning muhim omillaridan biri bu insonning pul daromadi va ijodiy qobiliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Birinchi omil monetar (iqtisodiy) farovonlik sifatida ta’riflanadi. Kreativ farovonlik – bujamiyat farovonligi bo‘lib, u ma’lum davr ichida jamiyat barcha a’zolarining ijod davri davomiyligi yig‘indisi bilan o‘lchanadi. Kreativ erkinlik – erkinlikka erishishning yagona usuli deb qaraladi. Imkoniyatli erkinlik tanlovning imkon beruvchi variantlari sonini ko‘paytirishdan iborat, u erkinlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Imkoniyatli erkinlik odatiy aloqalarni buzishni anglatadi, shuning uchun u yolg‘izlik va havfsirash hisini uyg‘otadi. Kreativ erkinlikni o‘z hohishiga ko‘ra rad qilish “erkinlikdan qochish” nomini olgan. Kriptologiya – kriptografik usullarning qo’llanilishini anglatib, kriptografiya va kriptoanalizga bo’linadi Kriptografiya – informatsiyani himoyalash uchun uni o’zgartirish usullarini o’rganishning matematik metodlarini anglatadi Kriptoanaliz - kalitlarni bilmasdan turib, informatsiyani rasshifrovka qilish usullarni o’rganishni anglatadi. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva