Kalit – matnlarni hech qanday to’siqlarsiz shifrlash va deshifrlash uchun zarur bo’lgan ma’lumot
Kriptobardoshlilik – kalitni bilmasdan turib, shifrlangan matnni deshifratsiya qilish imkoniyati qandayligini ko’rsatadigan kattalik Kriptobardoshlilik ko’rsatgichlari – barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni va kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt QR-kod – ikki o’lchami shakl ko’rinishidagi matritsaviy kod. Raqamli imzo – qandaydir mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingan ma’lumotlar blogi. Ochiq kalit yordamida haqiqatan ham ma’lumotlar shu mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingani tekshiriladi Xesh-funktsiya yoki daydjest-funktsiya – boshlang’ich ma’lumotning nazorat yig’idisi bo’lib (bir tomonlama funktsiya), ma’lumotlarning ishonchsiz aloqa kanallari orqali uzatilishini tekshirish vositasidir (bunda ma’lumotlarning butunligi tekshiriladi). Ma’lumot mahfiy kalit bilan shifrlangan xesh-funktsiya bilan birgalikda uzatiladi. Ma’lumotni oluvchi boshlang’ich axborotni olganidan so’ng, uning xesh-funktsiyasini aniqlaydi va uni qabul qilingan ma’lumotning xesh-funktsiyasini bilan solishtiradi va shundan so’ng tegishli qaror qabul qiladi. MD2, MD4, MD5 xesh-funktsiyalari – havfsizlik tizimlaridagi eng ommabop bo’lgan xesh-funktsiyalar bo’lib, uzunligi 16 bayt bo’lgan daydjestlarni generatsiya qiladilar. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva SHA-amerika standartidagi xesh-funktsiya – MD4 xesh-funktsiyaning adaptatsiya qilingan varianti hisoblanadi. Uning daydjesti uzunligi 20 baytdir. MDC2 va MDC4 xesh-funktsiyalar – IBM kompaniyasi tomonidan foydalaniladigan bir tomonlama xesh-funktsiyalar bo’lib, ular DES shifrlash algoritmiga asoslangan. RSA algoritmi - (Random Signature Algoritm) – Asimmetrik shifrlash algoritmi Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir