Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik
2-Bosqich:
On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
Bulutli va virtual texnologiyalar
3-Bosqich:
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni)
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsata olamiz:
1. Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati
2. Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
3. Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model)
4. Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Elektron biznes va tijoratda mustahkamraqobatliustunlikkaerishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqish hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas, albatta. Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’I hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500 ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilgakelib 12 yilgaqisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz xozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.