Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva modellarning hozirgi rivojlanish bosqichida ular huddi shu bosqichga intilayaptilar. Ko’pchilik mijozlar esa turli hildagi bank hizmatlaridan foydalanish uchun bank filialiga borib o’tirmasdan, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish ma’qulligini bilab bormoqdalar.
Moliyaviy sektorning rivojlanishi niqtai-nazaridan raqamli transformatsiya yangi raqamlashtirilgan ish muhitini yaratish natijasida moliyaviy faoliyat yuritishni mukammallashtirishdir. Bank jarayonlarini raqamlashtirish uchun raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida professional masalalarni hal qila oladigan malakali kadrlar va yangi mansablar talab qilinadi. Bu mansablar qatoriga raqamli texnologiyalar bo’yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo’yicha director lavozimlarini kiritish mumkin.
Ekspertlarning aytishlaricha, bank sektorining raqamli transformatsiyasini amalga oshirish uchun uch xil yondoshuvdan foydalanish mumkin: Jahondagi 26% banklar foydalanadigan yondoshuv raqamli texnologiyalarni to’liq raqamli transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha sifatida tadbiq qilishni ko’zda tutadi – bu brinchi yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish asosida va pilot liyohalarni amalga oshirgan holatda qadam ba qadam tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u 42% banklar tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli perspektivada mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislar (dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar va marketologlar)ni o’z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi hamda yangi faoliya yo’nalishlarini testlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli trnsformatsiyaga bo’lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki va tashqi jarayonlarning to’liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva amalga oshiriladi. Hozigri vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani amalga oshirish 32% banklar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda raqamli transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini saqlab turish uchun kerakli bo’lgan bir muhim tadbir hisoblanadi va bugungi kunda bank operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga oshirilayapti. Bunday holat raqamli innovatsion texnologiyalarning afzalliklarini tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Shuni ham aytish lozimki, raqamli transformatsiya jarayoni konkret bankning xususiyatlar va talablarininhisobga olgan holdagi aniq strategiyaga asoslangan bo’lishi kerak. Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga imkon beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon bozoridagi radikal o’zgarishlarni hisobga olib, kompaniyalarga qisqa va o’rta muddatli perspektivalarda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Global raqamli iqtisodiyot ancha yetilib qoldi;
Ko’pchilik tarmoqlr raqamli transformatsiya jarayonini boshdan kechirayapti;
Kompaniyalar orasidagi raqamli farq borgan sari kamayib borayapti;
Rivojlangan bozorlarda iste’molchi markaziy o’rinni egallab turibdi;
Biznes giper tezlikka o’tib borayapti;
Raqamli iqtisodiyotni qamrab olish uchun firmalar qayta tashkil etilayaptilar;
Innovatsiyalarning tadbiq qilinishi hayotiy muhim ahamiyatga ega bo’lib borayapti;
Innovatsion risklarni baholash va ularni boshqarish muvaffaqiyatga erishishning asosiy faktorlari bo’lib bormoqda.
Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini stimulyatsiya qiladi va bir qancha sohalarda yangiliklarning tadbiq qilinishiga imkon berish natijasida iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Halqaro consulting kompaniyasi The Boston Consulting Group2mutaxassislarining