Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə153/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ta'kidlashlaricha, raqamli transformatsiya asosida amalga oshiriladigan raqamli iqtisodiyot innovatsion raqamli texnologiyalarining va on-layn texnologiyalarning iqtisodiy tizim barcha ishtirokchilari tomonidan ishlatilishidir. Jahon banki mutaxassislarining aytishlariga ko’ra esa raqamli iqtisodiyot tezkorlik bilan rivojlanadigan iqtisodiyotning yangi paradigmasidir.
Raqamli transformatsiya asosida yuzaga keladigan raqamli texnologiyalar bizning hayot tarzimizni, ish faoliyatimizni, iste’molni va nahsulot hamda hizmatlar ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirib yuboradi. Buboradaengmuhimtendentsiyalari, bulutlihisoblashlar, blokcheyn texnologiyalar, buyumlar internet, robototexnoka, 3D-texnologiyalar, Big Data, sun’iy intellect, biotexnologiya, virtual voqe’lik, qo’shimcha reallik, ijtimoiy tarmoqlar, simsiz aloqa va mashinaviy ta’limdir. Bularningbarchasinibirlashtirgan holda aqlli texnologiyalar (Smart everything) sifatida birlashtirish mumkin. Misol sifatida aqlli uylarni, aqllli tarmoqlarni, intellectual biznes-jarayonlarni, optimal energetikani, aqlli davlat boshqaruvi tizimini keltirish mumkin. Ma’lumotlarning yangi analitikasi Big Data deb nomlangan katta ma’lumotlar to’plamini qayta ishlash va tahlil qilishga imkon beradi. Bu jarayonlarning barchasi raqamli transformatsiya bilan bog’liq bo’lgan intellectual tarmoqlarning qurilish bloklarini tashkil qiladi.
XelR. Verien raqamli texnologiyalar yordamida iqtisodiy faoliyatning transformatsiyasini amalga oshirishning beshta asosiy usulini taklif qildi:
1. Ma’lumotlar yig’ish – firmalar mijozlarning hoxish-istaklari haqidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni yig’adilar va bu ma’lumotlarni faoliyatni yaxshilash, mijozlarning o’zini tutishini bashoratlash va ko’rsatilayotgan hizmatlar sifatini yaxshilash uchun ishlatadilar.
2. Personallashtirish va kastomizatsiya qilish – bu firmalarning individual mahsulotlar va hizmatlar taklif qila olish qobiliyti ma’nosida tushuniladi. Mijozlar esa o’z navbatida haridlar tarixini bilish, billing bo’yicha ma’lumotlar olish, yetkazib berish manzillari bilish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
3. Doimiy rivojlanish va tajribalar o’tkazish. Firmalar katta ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, tizimlarni avtomatlashtirish bo’yicha kuchli bashoratlash algpritmarini ishlatish va zahiralarni taqsimlash hamda ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
4. Kontraktlardagi innovatsiyalar. Firmalar va iste’molchilar o’zlari trnzaktsiya o’tkazadigan shaxslarning faoliyatlari samaradorliligini kuzata va nazorat qila oladilar. Bu esa iqtisodiy kelishuvlarning yangi turlari (ridesharing – transport vositalarining birgalikda ishlatilishi) paydo bo’lishiga olib keladi. Ammo hozirda carshering degan tushuncha ham mavjud, bunda qandaydir bir tomon uning mulkdori bo’lmaydi.
5. Kommunikatsiya va koordinatsiya. Simsiz aloqa vositalari, videokonferentsiyalar va hujjatlar almashinish uchun qo’llaniladigan dasturiy ta’minot kabi kommunikatsiya vositalari insonlar va resurslarga olar qaerda bo’lganligidan qat’i-nazar o’zaro yaxshiroq muloqot qilish imkonini beradi. Shu tufayli firmalar o’z mahsulotlari va hizmatari bilan global bozorda yaxshiroq ishlay oladilar.
2016 yildan boshlab G7 va G20 ministrlari darajasida raqamli transformatsiya masalasi global kun tartibida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Hozirgi paytda luda ko’p davlatlarning va jahon bo’yicha ko’zga ko’ringan rahbarlarning orasida raqamli transformatsiyaning jamiyatdagi ahamiyati bo’yicha yakdillik mavjud.
Tarixda uchta sanoat inqilobi bo’lib o’tgan va raqamli iqtisodiyot to’rtinchi sanoat inqilobi deb hisoblanilayapti:
Birinchi sanoat inqilobi 1760-1850 yillarda Buyuk Britaniyada boshlangan va bunda qishloq ho’jaligidan mexanizatsiyalshgan tizimlarga o’tilgan (paxtani qayta ishlash uskunalari, par generatorlari, paroxodlar, temir yo’llar va metallurgiya);
Ikkinchi sanoat revolyutsiyasi 1870 yilda AQSH da boshlanib, tahminan 100 yillar davom etgan (ommaviy ishlab chiqarish, taqsimlash va kommunikatsiyalarning rivojlanishi, elektr, telefoniya, radio, televidenie, ichki yonuv dvigateli, osmono’par uyar, plastmassa, antibiotilar kabilar) ;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Uchinchi sanoat revolyutsiyasi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar bilan bog’liq bo’lib, AQSh boshchiligida 1960 yillarda boshlangan (kompyuterlarning texnik va dasturiy ta’minoti, shaxsiy komp’yuterlar, tarmoq texnologiyalari, yarim o’tkazgichlar, integral mikrosxemalar, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, meynfreymlar, elektron savdo tizimlari, mobil aloqa).
To’rtinchi sanoat inqilobi jamiyatni va iqtisodiyotni fizik, raqamli va biologik dunyolarni qo’shib yuborgan holda transformatsiya qiladi va buning oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlar qilishga qodir bo’lgan bir qancha sun’iy intellektli aqlli tizimlar yuzaga keladi.
Jahon iqtisodiy forumi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index) mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotga tayyorligining asosiy ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Buko’rsatgichraqobatbardoshlikvahayot sifatini ta’minlashda iqtisodiyot information-kommunikatsion texnologiyalarni qanchalik yaxshi ishlatayotganligini ko’rsatadi. Jahondagi mamlakatlardan 139 nafari ishtirok etgan reytingda birinchi o’rinda Singapur davlati turadi. Boshqa davlatlarning o’rni esa quyida keltirilgan:
1. Singapur - 6.0
2. Finyandiya - 6.0
3. Shvetsiya - 5.8
4. Norvegiya - 5.8
5. AQSH - 5.8
6. Niderlandiya - 5.8
7. Shveytsariya - 5.8
8. Britaniya - 5.7
9. Lyuksemburg - 5.7
10. Yaponiya - 5.6
11. Daniya - 5.6
12. Gonkong - 5.6
13. JanubiyKoreya - 5.6
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
14. Kanada - 5.6
15. Germaniya - 5.6
16. Islandiya - 5.5
17. YangiZelandiya - 5.5
18. Avstraliya - 5.5
19. Tayvan, Xitoy - 5.5
20. Avstriya - 5.4
* Jahon Iqtisodiy Forumi ma’lumotlari asosida tuzilgan: URL: http:/ / reports.weforum.org/global-information-technology-report-2016/networked-readiness-index/
YangiraqamlitexnologikbosqichnihozirgiHigh-Tech davridan farqli o’laroq, High-Hume bosqichi deb nomlana boshlandi. Ushbutexnologikukladintellektualkapitalningbahosinianchaoshiradivanatijada insoniyfaktor(bilim, ijod va ko’nikmalar) global raqobatda katta ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Bunday texnologik inqilobning yuz berishi uchun raqamli iqtisodiyot bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’rish lozim: URL: https://www.vedomosti.ru/opinion/articles/
2016/07/18/649546-high-tech-vmeste-high-hume.
Raqamlitransformatsiyajarayoniniamalgaoshirishuchundavlat ham ma’lum bir chora-tadbirlar ko’rishi lozim, shu jumladan, qonuniy hamda normativ-huquqiy asoslarni yaratishi va ularni real sharoitlarga moslashtirishi kerak. Bu ishlar natijasida real hayotga bir qancha yangi texnologiyalar va biznes modellar kirib keladi, shu jumladan, raqamli ekotizimlar, raqamli platformalar, buyumlar internet, raqamli analitika, Big Data, Industriya 4.0 texnologiyalari, robotozatsiya va 3D-pechatlarni qo’llash keng miqyosda amalga oshiriladi. Bu holda esa raqamlashtirishni quyidagi ko’rsatgichlar bilan o’lchash mumkin:
1. Barcha joylarda va ishlarda qo’llash imkoniyati – tashkilot va iste’molchilar raqamli hizmatlar va ilovalardan universal ravishda foydalana olishlari;
2. Raqamli hizmatlardan barchaning foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratilganlgi;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
3. Raqamli hizmatlar ko’rsatishning ishonchliligi va sifatliligi;
4. Real vaqt rejimida raqamli hizmatlar ko’rsatishning qanday tezlik bilan amalga oshirilishi va uning qanchalik keng miqyosdaligi;
5. Raqamli hizmatlardan foydalanish osonligi va qulayligi (Usability) hamda mahalliy ekotizimlarning bunday hizmatlarni xalqqa yetkaza olishi;
6. Foydalanuvchilarning raqamli biznes bo’yicha hizmatlardan foydalana olish imkoniyatlari qandayligi.
Raqamli texnologiyalarga investitsiyalar qilish ish unumdorligining oshishiga, ishchilarga o’z ishlarini bajarish uchun ko’proq imkoniyatlar yaratishga, ishlab chiqarish jarayoning ko’proq capital talab qilishiga va ijod uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi. Raqamli transformatsiya jarayoniga o’tgan kompaniyalar zamonaviy information texnologiyalarni o’zlarining raqabatbardoshliklarini oshirish uchun bir vosita sifatida ishlatadilar va uzoq muddatli perspektivada o’sishga intiladilar. Demak, an’anaviykompaniyao’z biznesining raqamlitransformatsiyajarayonini boshidan kechirgan holda bozorga butunlay yangi raqamli hizmat yoki mahsulot taklif qila oladi. Bunday ishlarni amalga oshira oladigan mutahassislar esa yangi texnologiyalar bo’yicha zamonaviy bilim, kompetentsiya va ko’nikmalarga ega bo’lishlari hamda masofiviy ravishda ishlash olishni eplashlari talab etiladi. Siyosatchilar va rahbarlarga esa raqamli transformatsiyani samarador amalga oshirishlari va bu jarayonni boshqarishlari uchun iqtisodiyotni yangi talablar va imkoniyatlarga moslashtirishni ta’minlashlari lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin