Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva asosiysi trafik yuqori bo’lishi kerak. Shuning uchun bu modeldan internet-portallar, e’lon doskalari (Classifields), qidiruv tizimlari (Search Agents), ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services) kabilar foydalanadilar. Misol sifatida Yandex, Yahoo!, NY-Tymes, Google, VKontakte, Craigslistlarni keltirishimiz mumkin. 3. Infovositachi modeli (Infomediary Model) -bunday biznes-modelni turli xil formatlardagi ma’lumotlarni, masalan, spravkalar, byulletenlar, yangiliklar, elektron-analitik hisobotlarni sotish bilan shug’ullanadigan kompaniyalar ishlatadilar. Undan reklama tarmoqlari (Advertising Networks), marketing agentliklari (Audience Measurement Services), metavositachilar (Metamediary) kabilar foydalanadilar. Misol sifatidan Nielsenva DoubleClick larni keltirishimiz mumkin. 4. Sotuvchi modeli (Merchant Model) -bunday modellar turiga barcha sotuv maydonlarini (mahsulot va xizmatlar bo’yicha ko’tara va chakana savdo), internet-magazinlarni (Virtual Merchant), internet-kataloglarni (Catalog Merchant) kiritishimiz mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Apple iTunes Music Store, OZON.ru, Amazon.com, Lands’ End. 5. Ishlab chiqaruvchi modeli (Manufacturer (Direct) Model) –bunday modelni mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar tanlaydilar. Ular biznesni xaridor bilan vositachlarsiz aloqaga chiqqan xolda amalga oshiradilar va bu ularga bahoni pasaytirish va moslashuvchan bo’lishga imkon beradi. Misol sifatida Dell Computerva M.Video larni keltirishimiz mumkin. 6. Hamkorlik Modeli (Affiliate Model) – internetda pul ishlashni istaydigan, ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini (Banner Exchange), saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (Pay-Per-Click) larni kiritish mumkin. Misol sifatida Amazon.com, OZON.ruva Barnes&Noble larni keltirish mumkin.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 7. Jamoaviy Model (Community Model) –bunday model vositasida ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services), kraudsorsing platformalari, Ochiq boshlag’ich kodli tizimlar (Open source), Ochiq content tizimlari (Open Content), Jamoaviy ko’ratuvlar (Public Broadcasting) va boshqalar faoliyat ko’ratadilar. Misol sifatida Facebook, Wikipedia, Friendster, Flickr, Red Hat, VKontaktelarni keltirishimiz mumkin. 8. A’zolik modellar (Subscription Model) – matnli, audio, video content, trafiklarni sotadigan kompaniyalar uchun juda ham qulay model hisoblanadi. Uni information agentliklar, videoxosting kompaniyalari, internet provayderlar ishlatishadi. Misol sifatida Truste, Netflix, Classmatesva Listen.com larni keltirishimiz mumkin. 9. Amaliyot modeli (Utility Model) – bunday modelning ishlashi asosida narx yaratishning “Qancha istasang shuncha to’la” ma’nosidagi modeli yotadi. Hizmatlar uchun haq miqdorini foydalanuvchi o’z ixtiyoriga qarab belgilaydi. Bular masalan, foydalanish o’lchovi (Metered Usage) yoki a’zo bo’lish o’lchami (Metered Subscriptions) bo’lishi mumkin. Misol sifatida Slashdotva Priceline larni keltirishimiz mumkin. Quyida monetizatsiyaning amaliyotda elektron biznes tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lgan turlixildagi sxemalarini ko’rib chiqamiz: Reklamadan keladigan daromadlar modeli–bu internet kompaniyalarining eng ommabop monetizatsiya sxemasidir; Kelishuvlarga asoslangan daromadlar modeli – kelishuv summasining qandaydir bir aniq foizi kattaligida bo’lib, u sotuvchi yoki xaridor tomonidan yoki ikkala tomondan to’lanadi; Kim-oshdi savdosi (auktsion)dan keladigan daromad modeli – xaridor tomonidan to’lanadigan va lotning sotuvga qo’yilishi uchun to’lov hamda sotuv summasidan qandaydir foiz hisobida. A’zo bo’linishdan olinadigan daromad modeli– bu xolda daromad a’zo bo’lganlar soni bilan aniqlanadi.