Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə165/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tuzishingiz kerakki, bu tizim ko’p kanalli savdoni boshqarish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lsin, qo’ldan ma’lumot kiritish esa iloji boricha minimal miqdorda bo’lsin. 2016 yilda shu yo’nalishda bo’lib o’tgan konferentsiyada (https://events.yandex.ru/lib/talks/3480/) qurilish materiallari savdosi bo’yicha ko’p kanalli elektron savdo maydoni tuzish va uni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqlgan. Shunday usulda ishlaydigan William Wrigley Jr kompaniyasi Xitoyning 40% atrofidagi chaynaladigan rezinkalar bozorini egallab olishga erishgan.
Hozirgi zamonda ijtimoiy saytlar orqali sotuvlarni yo’lgan qoyish ham katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi va olingan boshlang’ich natijalar barcha bashoratlardan ham katta bo’lib chiqdi. Chunki, masalan, Instagram ning bir haftada milliarddan ortiq faol foydalanuvchilari mavjud. Flurry ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha hisobda har bir katta yoshli inson internetda kuniga besh soat atrofida ishlaydi va ularning yarmi ijtimoiy saytlarda, messenjerlarda va qiziqazli kanallarda vaqtini o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu foydalanuvchilarning 18% dan ortig’i ijtimoiy saytlarda nimalardir sotib olishgan. Kelajakda bunday sotuvlar hajmi yanada ko’payib boradi hamda foydalanuvchilar tajribasi ortadi. Masalan, MVMT Watches kompaniyasi Karusel formatidagi reklamadan foydalanib, chakana savdo magazinlarini chetlab o’tgan xolda Facebook orqali sotuvni boshladi. Hozirgi paytda ularning xaftalik daromadi $15 ming dollar va ularning sahifasiga xaftasiga 1,5 ming inson tashrif buyuradi. Smatfonlar orqali qulay usulda xarid qilish imkoniyati tufayli foyda miqdori ikki barobarga oshgan. Instagram orqali sotuvlar tashkil qilish ham foydali bo’lgan va natijada savdoning oylik o’sish miqdori o’rtacha 29,8% ga yetgan. Demak, kimdir ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvdan voz kechsa, ancha-muncha daromaddan mahrum bo’lar ekan. Google ning mikromomentlari ham marketing jarayonini optimallashtirish uchun yangi bir imkoniyatdir. Chunki bir martalik reklama ma’lumotlari xozirgi paytda elektron tijotratda unchalik yaxshi samara bermayapti. Endilikda kompaniyalarning raqobatbardoshliligiga mikromomentlarni optimallashtirish orqali erishiladi. Mikromomentlar nima o’zi? Think with Google
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ga binoan u o’z tarkibiga uch tarkibiy qismni qamrab oladi: sotuv haqida qarorni darhol qabul qilish, muammolardan darhol qutulish va qandaydir bir yangi narsadan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlarda contentni, maqsadli e’lonlarni joylashtirish va reklama ma’lumotlarini qo’shishdan tashqari, onlayn sotuvchilar bularning har birini optimallashtirishlari va tranzaktsiyon elektron xatlarga alohida ahamiyat berishlari lozim. Haridorlarning hulq-atvorida asoslangan xolda, bunday ma’lumotlar yangi qo’shimcha xaridlarni generatsiya qilishlari va mijozlar bilan muloqotni yaxshilashi mumkin. Experian kompaniyasining izlanishlariga ko’ra, elektron pochta orqali tranzaktsion ma’lumotlardan keladigan daromad miqdori ommaviy ma’lumotlar tarqatishdan keladigan daromaddan ancha ko’p ekan. Tranzaktsionelektronxatlarnioptimallashtirishbo’yichaquyidamisollarnikeltirishimizmumkin: Mavsumga bog’liq ravishda kerakli bo’lgan tovarlarni taklif qiling, oldingi xaridlarga bog’liq bo’lgan mahsulotlarni taklif qiling, saytingizda qanday qilib harid qilish haqida aniq videolavxani ko’rsating, doimiy mijozlarga alohida chegirmalr taklif qiling, o’z mobil ilovangizga ilova bering. Misol sifatida ModCloth internet magazinining ma’lumot tarqatish jarayonini ko’rishimiz mumkin. Unda fodalanuvchiga jo’natilgan maktubda mijozga uning zakazi bajarilishning qaysi bosqichida turganini ma’lum qilishdan tashqari, kompaniya tomonidan qanday qiziqarli aktsiyalar o’tkazilayotgani, content va yangiliklar haqida ma’lumotlar jo’natiladi. Mijozlar diqatini qaratish uchun hech qandayimkoniyat nazardan qochirilmasligi kerak, chunki mijozlar individual tranzaktsion ma’lumotlarga ommaviy ma’lumotlardan ko’ra ko’proq ahamiyat beradilar. Bu tushunarli albatta, chunki ular saytga kiruvchining harakatlari natijasi bo’lgani uchun ham ularda ko’proq ishonch uyg’otadi. Statistik izlanuvlarga ko’ra, bu turdagi ma’lumotnomalarni chiroyli qilib yozish va uni taqdim qilish ommaviy tijoriy ma’lumot jo’natishlardan ko’ra 3-5 barobar ko’proq foyda keltirar ekan. Lekin hozirgi davrda bizdagi kompaniyalar bunday marketing yondoshuvini unchalik ko’p ishlatmaydilar.
Endi elektron tijoratda iste’molchi bilan muloqotda katta ahamiyatga ega bo’lgan kontent haqida ham biroz to’xtalib o’tamiz. Marketing strategiyasi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin