Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


-BOB. RAQAMLI ELEKTRON BIZNEZ BOZORI VA ELEKTRON MARKETING



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə167/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

12-BOB. RAQAMLI ELEKTRON BIZNEZ BOZORI VA ELEKTRON MARKETING
12.1. Elektron hizmatlar va mahsulotlarning yangi bozorlari Ushbu bo’limda bozorning turli segmentlarida elektron biznesning xolati va uning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masala va muammolar ko’rib chiladi. Informatsion texnologiyalarning evolyutsiyasi va raqamli iqtisodiyotning turli sohalarga kirib borishi global onlayn ta’limning ham rivojlanishiga olib kelayapti. Onlayn ta’lim texnologiyalri Global Industry Analysts ning ma’lumotlariga ko’ra, global onlayn ta’lim bozori hajmi 2020 yilga kelib, bir necha yuz milliard dollarga yetar ekan.Shuning uchun ham bozorning bu segmenti investorlar uchun borgan sari qiziqarli bo’lib bormoqda, Masalan, Google chet tillarni o’rganish va kraudsorsing o’tkazmalarni ni amalga oshirib beradiga Duolingo servisini tashkil qildi (https://www.duolingo.com). Chet tillarni tekinga o’rgatadigan repetitorlarni
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
birlashtirib turadigan ijtimoiy sayt Busuu tashkil qilish uchun esa (https://www.busuu.com/ru/) investorlar $6,7 million dollar ajratishdi. Rosiiyada ham ingliz tilini elektron usulda o’rganish bo’yicha bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirildi, shu jumladan, LinguaLeo (http://lingualeo.com/ru), Puzzle English (https://www.puzzle-english.com). Bu tizimlarda monetizatsiya “tizimda qayd qilinishdan daromad olish” ko’rinishda bo’lgan. Bulardan tashqari, Massachusets texnologiya institutining Open Course Ware (http://ocw.mit.edu/index.htm)ta’lim servisi ham tashkil etilgan va unda hozirgi paytda 2340 dan ortiq kurslar joylashtirilb, 200 million foydalanuvchi qayd etilgan. Bu tizimga kirish Creative Common (CC) litsenziyasi yordamida amalga oshiriladi. Xuddi kunga o’xshash Rossiya milliy servisi Open.edu (https://openedu.ru) deb nomlanib, unda turli xil yo’nalishlardagi 84 ta kurs mavjud. 350 dan ortiq kompanuyalar o’zlari uchun malakali mutaxassislarni topish maqsadida Coursea va Udacity deb nomlangan MOOC (massive open online courses) lar bilan xamkorlik qiladilar. Masalan, Google kompaniyasi o’zining 80 ming xizmatchilarini Udacity ta’lim platformasining HTML5 kurslariga yozdirdi. Bozorning B2B segmentida elektron kurslar yaratishga Oracle, IBM, Prometey, Websoft va Amplua-Broker kabi kompaniyalar taklif qilmoqdalar. Korporativ ta’limda ham zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanilmoqda, shu jumladan, soial networks, m-learning (mobile-learning), e-coaching, korporativa blog, korporativa onlayn kutubxonalar (wikis). Forrester Research ma’lumotlariga ko’ra, bir qancha xorijiy firmalar o’z xodimlarining malakalarini oshrish uchun video o’yinlar ham yaratmoqdalar (Johnson&Johnson, Volvo, Hilton Hotels). O’zbekistonda ham onlayn ta’limni rivojlantirish juda ham muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi, chunki bu birinchidan, o’qishga jalb etilganlar sonini ancha ko‘paytirishga imkon bersa, ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari uchun katta daromad manbai bo’lishi mumkin. Komp’yuter o‘yinlari
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Endi raqamli kontentlar bozorining komp‘yuter o’yinlari segmentini ko’rib chiqamiz. Deyarli barcha ijtimoiy saytlar va messenjerlar foydalanuvchilarga turli xil o’yinlar taklif qiladilar va bu o’yinlarning ichiga reklamalarni joylashtirib foyda olishga harakat qiladilar. O’yin portallariga Microsoft MSN Games, Zone.com, Station.com (Sony), Real Arcade (RealNetworks va Elektronic Arts), Wargaming, Entertainment Software Assosiation larni kiritish mumkin. Bu segmentdagi monetizatsya modellari Freemium va Free-to-Play lar hisoblanadi. Komp’yuter o’yinlari bozorida eng katta muvaffaqiyatga erishgan o’yinlardan biriga Nintendo kompaniyasining 2016 yilda ishga tushirilgan Pokemon Go o’yinini kiritish mumkin. Bu o’yining yaratuvchilar bir kunda $1,6 million dollar daromad qilganliklari haqida xabarlar ham bo’lgan (Sensor Toweranalitik kompaniyasi ma’lumotlaridan–RBK,15 iyul 2016 yil, №125(2381),str.8-9). O’yinning bir oylik daromadi $200 ming dollardan ortib ketgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda Pokemon Go o’yini monetizatsiya bo’yicha liderlardan biri hisoblanadi. Keyingi yollarda bundan tashqari quyidagi komp’yuter o’yinlari ham ommaviylik kasb eta boshladilar: Angry Birds, Fruit Ninja, Subway Surfers. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan komp’yuter o’yinlari mobil internet va mobil tijorat bozorlarining, aksessuarlarning, mobil gadjetlarning, portative qurilmalar bozorlarining o’sish katalizatori bo’lib hizmat qiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin