12.4. Turizm sohasidagi elektron tijorat Endi barcha uchun birday qiziqarli bo‘lgan va yurtimizda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan turizm sohasida (on-line travel) elektron tijoratni boshqarishni ko’rib chiqamiz. Turizm sohasi barcha boshqa sohalar singari mijozga yana ham yaqinroq bo’lish uchun onlaynda ishlash zarurligini tezda tushunib yetdi va bir qancha onlayn hizmatlarni yo’lga qo‘ydi (on-oline travel services), shu jumladan: Avia, temir yo’l, avtobus va avtomobil marshrutlari bo’yicha biletlarni onlayn usulda zakaz qilish va sotib olish;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Turizm bo’yicha onlayn maslahat berish hizmatlari; Avtomobillarni onlayn ijaraga berish hizmati; Sayohatlarga, mahsus turlarga va ko’rgazmalarga zakazlar berish va ularni sotib olish bo’yicha hizmatlar; Biletlarning, turlarning va turli xildagi sayoxatlarning kal’kulyatsiyasini elektron usulda taqdim qilishning onlayn servislari; Onlayn usulda mehmonxonalarni zakaz qilish xizmatlari; Shaxarlar, muzeylar va ko’rgazmalarag virtual sayohatlar uyushtirsh servislari va boshqalar. On-layn travel bilan bog’liq bo’lgan hizmatlar turlariga turistik marshrutlar bo’yicha ma’lumotlar beradigan, daryo, dengiz va okeandagi kruizlar taklif qiladigan, turistlar boradigan joylardagi ob-havo sharoitlarini aytib beradigan, mehmonxonalardagi sharoitar haqida ma’lumotlar beradigan, restoranlardagi ahvolni tushuntirib beradigan kompaniyalarning hizmatlarini kiritishimiz mumkin. Misol sifatida Cruise Specialists, TripAdvisor, VacationsToGo.comlarni keltirishimiz mumkin. Ushbu on-line travel bozorida biznes yuritishning quyidagi bir qancha usullari mavjud: Onlayn plyus offlayn biznes turi – bunda turistik kompaniyalar turistik hizmatarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’z oflayn bizneslariga elektron tijoratnig bir qator elementlarini qo’shib qo’yadilar, shu jumladan, shunga mos bo’lgan internet-magazin tashkil qilishlari yoki onlayn maslahatlar berishlari mumkin; To’liq onlayn biznes turi–ushbu turdagi biznesni internet tarmog’ida bemalol ishlay oladigan kompaniyalar tashkil qila oladilar. Bularga misol qilib mexmonxonalarni bron qiladigan, biletlar sotadigan, mobil ilovalar bilan shug’ullanadigan agregatorlarni keltirish mumkin. Turistik xizmatlar bozoridagi elektron sotuv kanallarining ahamiyati shundan iboratki, kompaniyalar bu kanallarda 365/7/24 soat qolishlari va unda faol ishlashlari mumkin. On-line travel bozoridagi eng keng tarqalgan monetizatsiya sxemalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva O’z sayohat turlarini sotishdan keladigan daromadlar; Biletlar sotishdan keladigan daromad; Elektron biletlarni qayta ishlashdan keladigan aniq miqdorlardagi daromad; Turoperator va iste’molchi orasidagi kelishuvga yordam berganlik tufayli keloshuv summasinig ma’lum bir qismi sifatida keladigan daromad; Reklamadan keladigan daromad. Data Insightagentligining bashoratlariga ko’ra, on layn turizmning Rossiyadagi hajmi 2020 yilga kelib $13-14 milliard dollar miqdorida bo’lishi kutilmoqda ekan (http://top.rbc.ru/technology_and_media). Ozon kompaniyasi ham Ozon.travel deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. Niderlandiyada tashkil etilgan Booking.com agregator kompaniyasining qulay servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovoklarni misol qilishimiz mumkin. Booking Now servisi esa turistlarga mehmonxonalarni bir soat ichida, kelishdan bir soat oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi. Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni keltirishimiz mumkin: Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi; Elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi; Onlayn tiristik hizmatlarga bo’lgan ishonchning ortishi; Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o’zgarishi, masalan, ular endi bilatlarni o’zlari to‘layaptilar va mehmonxonalardagi joylarni mustaqilravishda tanlayaptilar; „Yagona oyna“ ko’rinishidagi agregatorlarning paydo bo’lishi; Turistik servislar va turistik agentliklarning usability darajasining oshishi. On-line travel bozorida qo’shimcha iste’mol qiymati quyidagilar vositasida ta’minlanadi: Shaxsga yo’naltirilgan hizmat ko’rsatish;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ma’lumotlarni yig’ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga oshirilishi (informatsiyaning konsolidatsiyasi); Ofisga kelish va qo’ng’iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi; Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish imkoniyati (365/7/24); Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati; Biletni yo’qotib qo’yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo’qligi. On-line travel bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan ko’pchilik kompaniyalar internetda o’zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari yoki mobil qurilmalari yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish, mexmonxonani bron qilish va sayohat uchun kerakli bo’lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish imkoniyatini yaratadilar.