Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva paydo bo’ladi, ishning taqsimlanishi amalga oshadi va biznes jarayonlar esa ancha tushunarli bo’lib qoladi. Endi biznesga muvaffaqiyatni ta’minlab beradigan shartlarni va innovatsion kompaniyaning hayotiy tsiklini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Har qanday kompaniyaning hayotiy tsikli quyidagi bosqichlardan iborat: Biznesning yaratilishi va ishga tushurilishi bosqichi – bunda qanday mahsulot ishlab chiqarilishi hal qilinadi, bozorning tahlili amalga oshiriladi, biznes qanday tashkil qilinishi masalasi hal qilinadi, kompaniyaning nomi qanday bo’lishi va shunda o‘xshash bir qancha masalalar hal qilinadi; Kompaniyaning o’sish bosqichi – bunda kompaniya bozorga chiqishni boshlaydi va uning faoliyati to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar olinadi; Biznesning voyaga yetishi bosqichi – bunda kompaniya o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erisha boshlaydi, umimg mahsuloti bozorda kerakli bo’lib qoladi va kompaniya bozorda o’ziga mos bo’lgan joyni egallab oladi; Kompaniya biznesining stabillik bosqichi – kompaniya o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga osonlik bilan erisha boshlaydi, doimiy haridorlar yoki foydalanuvchilar guruhiga ega bo’ladi, boshqaruv esa katta darajadagi markazlashmaganlik bilan xarakterlanadi. Ammo agarda kompaniya o’z mahsuloti yoki hizmatini mukamallashtirish va biznesni ilgari surish bo’yicha hech qanday ishlar qilmasa, u keyingi, pasayish va biznesni yo’qotish boqichiga o’tib qolishi ham mumkin bo‘ladi. Quyida innovatsion kompaniyaning rivojlanish bosqichlari grafik tarzda keltiriladi: FoydaBiznes-farishtalar, Bank kreditlari va bevosita investitsiya fondlari „Ekuvchi“ investorlar, „Ekuvchi“ fondlar, Davlat fondlari, Boshlang’ich Kengayish yoki oraliq Bozorga SPO grantlar, venchur fondlar o’sish davri davri chiqish davri Seed ekish Seed ishga IPO tushirush Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Zararsiz ishlash nuqtasi O’lim maydoni Vaqt Zarar Bu yerda IPO – Initial Public Offering – kompaniyaning aktsiyalarini boshlang’ich bozorda joylashtirish, SPO esa - Secondary Public Offering - kompaniyaning aktsiyalarini ikkilamchi bozorda joylashtirish. Shunday qilib, innovatsion kompaniyalarning hayotiy tsikli bir qancha davrlardan iborat bo‘lar ekan, ya’ni, o’lim maydoni, boshlang’ich o’sish, kengayish, oraliq davr, IPO va SPO lar. O’lim maydoni innovatsion kompaniya hayotiy tsiklining eng murakkab, boshlang’ch davri bo’lib, unda kompaniya ishni yo’lga qo’yish, mahsulot ishlab chiqarish, bozorni egallash kabi bir qancha harajatlar qilib, foyda hali olinmagan bo’ladi. Bunda loyihadan voz kechishga ancha kech bo’lib qoladi, chunki loyiha uchun juda ko’p moliyaviy mablag’lar, vaqt va kuch sarf qilingan bo’lib, muvaffaqiyatga bo’lgan ishonch hali so’nmagan bo’ladi. Startaplarda kuzatiladigan o’lim maydoni uning boshqa bosqichlarida ham yuzberishi mumkin, shu jumladan, ekish (seed) bosqichida, ishga tushirilish (startup) bosqichida, boshlang’ich o’sish (early gorwth) bosqichida. O’lim maydonining paydo bo’lish sababi, tadbirkorlar va investorlarning ko’pchilik xollarda biznesdan tezda foyda olishga bo‘lgan intilishlari bilan bog’liq bo‘ladi. Ayniqsa, mansulotning boshlang’ich prototipidan tijoriy mahsulotga o’tish davrida o’lim maydonidan o’tish muammosi paydo bo’ladi. Eng murakkab ishlardan biri 10 ming dollardan 50 ming dollargacha bo‘lgan pul aylanmasiga erishishdir - deyishadi bu soha bo’yicha mutahassislar. Biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy mablarlar jalb qilishning sinovdan o’tgan usullaridan fond birjasiga kompaniya aktsiyalarini chiqarish bilan bog’liq IPO va SPO larni keltirishimiz mumkin. Raqamli biznes bilan shug’ullanadigan kompaniya tashkil qilishda tadbirkorlar uchun eng muhim ishlardan biri qimmatga ega bo’lgan tadbirkorlik
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva taklifini (g’oyasini) ishlab chiqishdir. Bunday qimmatga ega bo’lgan taklif ishlab chiqishning quyidagi mexanizmini ko’rib chiqish mumkin: 10. Kompaniya uchun qanday taklif qimmatga ega bo’lishi mumkin? Bu taklif kompaniya mijoziga qanday afzalliklar berishi mumkin? Bu taklif mijozning qanday muammosini hal qilib berishi mumkin? Bozorning har bir segmentiga kompaniya qanday hizmet yoki tovarlar yetkazib berishi mumkin? Kompaniyaning yangi mahsuloti yoki hizmati mijozning qanday talablarini qondira oladi? Bu savollarga javoblar tariqasida quidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: mahsulot yoki xizmatning yangiligi, zakaz bo’yicha tayyorlanib berishligi, unikal dizayni, risklarni kamaytirishi, sarf-harajatlarni kamaytirishi va qulayligi. 11. Kompaniya kim uchun qimmatga ega bo’lgan taklif berayapti: ommaviy bozor uchun, kompaniya bozorining bir qismi uchun, bozorning biror bir segmenti uchun, ko’p profilli korxona sifatida yoki ko’p profilli platforma sifatida ish olib borishga imkon beradi. Masalan, 2006 yilda Amazon kompaniyasi chakana sektorni diversivikatsiya qilish maqsadida „ma’lumotlarni bulutli usulda ishlash“ ni (cloud technologies) taklif qild.i Bu esa unga absolyut yangi iste’molschilar sektori – web-kompaniyalar bilan ishlashga imkon yaratdi va u bu yo’nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Kompaniya hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida u birgina masalani – qanday qilib qo’shimcha moliyalashtirish manba’larini topish mumkinligini hal qilishga intiladi. Chunki u oldin mahsulot yoki hizmatni yaratish uchun pul sarf qilsa, endi uni mukammallashtirish va kompaniyani rivojlantirish uchun harakat qiladi.