Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə176/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
1. Saytning qancha ko’p sahifasi indekslashgan bo’lsa, saytdagi qidiruv trafigi ham shunchalik ko’p bo‘ladi. Chunki indeksatsiya foydalanuvchilarga sayt sahifalarini ko’rish imkonini beradi. Indeksatsiyani oshirish uchun saytni axtaruv tizimlari kataloglarida registratsiya qilish kerak.
2. Saytda ilovalar joylashtirish va yuqori indeksatsiyani ta’minlab beradigan internet resurslarga o’tishni ta’minlab berish juda yaxshi konversiyani ta’minlaydi va indeksatsiyani ancha oshiradi. Bu usulni amalda „ilovalar almashinish“ deb atashadi. Ammo bunda saytda boshqa internet resurslarga o’tishni amalga oshiradigan juda ko’p havolalarni joylashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holda saytga tashrif buyurganlar boshqa begona internet resurslarga o’tib ketadilar.
3. Bannerlarni va pulli ilovalarni ommabop elaktron resurslarda joylashtirish konversiyani ancha oshiradi;
4. Yaxshi o’ylab tanlangan snippetlarga ilovalar ham saytga kiruvchilar sonini oshiradi (snippet – sayt sahifasi matnining qidiruv talabi amalga oshiriladigan qismi, u qidiruv natijalarida ko’rsatiladi);
5. Saytning yuqori darajadagi unikal va qiziqarli kontentini saytning boshqa qismlariga bo’lgan faol giperilovalar (maqolalarga, taqrizlarga, komentariylar, hisobotlarga kabilar) bilan to’ldirish va uni boshqa resurslarda ham joylashtirish.
6. Sayt matnini unikalliligini tekshirish mahsus elektron resurslar yordamida amalga oshrilishi mumkin, shu jumladan, Advego Plagiats yordamida. Kontentlarning ommabop birjalari sifatida TextSale.ru, Etxt.ru, Advego.ru, ContentMonster.ru larni ko’rsatish mumkin.
7. Saytning yoki saytning alohida sahifasi firmenniy belgisi - Favikonni yaratish va uni brauzer qatorida URL dan oldin joylashtirish;
8. Web-saytni barcha reklama ma’lumotlarida, barcha jo’natmalarda, suvenirlarda va chop etilgan materiallarda ko’rsatish ham yaxshi natijaga olib keladi;
9. Sayt haqidagi ma’lumotlarning statistikasini asosiy metrikalar bo’yicha yig;ish va tahlil qilish.
Saytning ommaviyligini oshrish uchun eng mauhim shartlardan biri – ko’rsatilayotgan elektron hizmatlarning sifati yuqori darajada bo’lishi kerakligidir. Saytning yana bir xususiyatlaridan biri undan foydslanish oson bo‘lishiligidir (usability). Eng asosiysi – resursga kirishning oddiyligi, qulayligi va tezkorligidir. Bu borada „Sakkiz soniya qoidasi“ mavjuddir. Uning mohiyati shundan iboratki, agarda saytga kiruvchi sakkiz soniya davomida saytdan kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u xolda bu mijoz kompaniya uchun yo’qotilgan hisoblanadi. 11-Bob bo’yicha hulosa va takliflar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
 Elektron tijoratning turli tarmoqlardagi rivojlanishi hizmatlarning yangi turlari paydo bo’lishiga olib kelmoqda;  Yangi biznes modellarning paydo bo’lishiga iste’molchilarni innovatsion talablari, biznesning diversifikatsiyasi va jahondagi rivojlanish trendlari sabab bo’lmaqda;  Elektron tijoratning barcha sohalarda tashkil etilayotgan yangi turlari va ko’rinishlari raqamli iqtisodiyotga mos bo’lgan imkoniyatlar va tavakkalchiliklarga ega va buni ham tadbirkor hisobga olishi zarur;  Bulutli texnologiyalar, big data, elektron to’lov tizimlari, mobil texnologiya va ilovalar, sun’iy intellekt kabilar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida elektron tijoratning rivojlanishiga turtki bo‘layapti;  Iste’molchilarnini elektron tijorat tizimlari usabilitisiga bo’lgan talablari interfeyslar va yangi servislar yaratishga olib kelayapti;  Iqtisodiyotning turli sohalarida elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda tashkil qilish va uni samarador boshqarish uchun respublika va jahon miqyosidagi trendlarni hamda iste’molchilarning xoxish-istaklarini yaxshi bilish va tushunish kerak bo’ladi;  Elektron marketing klassik marketingning nazariy asoslariga tayanadi;  Biznes uchun marketingda bozorning segmentatsiyasi (jug’rofiy, demografik, psixografik va boshqalar) va internetdagi taqsimlanish kanallari (bevosita, bilvosita va aralash) katta ahamiyatga egadir;  Iste’molchilarni alohida ko’rsatgichlari bo’yicha va iste’mol afzalliklari bo’yicha guruhlash maqsadli auditoriyag targetlashtirishga yordam beradi;  Elektron biznes uchun bir qancha xollarda reklama ham yaxshigina daromad manbaidir va bu ularni an’anaviy biznesdan farqlaydi;  Elektron reklamaning eng asosiy turlari kontekst reklama, videoraklama, banner reklama, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama, elektron pochta orqali reklama, rich-mediya reklama, pop-up va pop-under reklama, tizer
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
reklama, push-reklama, product-placement reklama, giperilovalar va xeshteglardir;  Potentsial mijozga ta’siri bo’yicha aktiv va passiv reklamalar bo‘ladi;  Axtaruv marketingining saradorligini oshirish uchun konversiya ko’rsatgichining CTR, mingta klik narxini CPC va tranzaktsiyalar bo’yicha konversiya ko’rsatgichini TCR larni qilish kerak bo’ladi;  Hozirgi paytda internetda elektron reklama joylashtirishning CPT-Cost For Thousand, AD exposure, FFA-Flat Fee Advertising, CPC-Cost Per Click, CPA-Cost Per Action, CPV-Cost Per Visitor, CPS-Cost Per Sale, CPBE-Cost For Banne Exchangekabi baholash modellaridan foydalaniladi;  Ruxsat beriladigan marketing (permission marketing) foydalanuvchilarga u yoki bi reklama ma’lumotini mustaqil ravishda olish uchun imkoniyat beradi;  Elektron marketingdan foydalanuvchi kompaniyalar uchun quyidagi ko‘rsatgichlar muhim ahamiyatga ega: CPC-Cost Per Click, TCR-Transaction Conversion Rate, WOM-Word of Mouth, virusli marketing, rad etishlar foizi va boshqalar;  Elektron biznes daromadlarini oshirish uchun quyidagi usullardan foydalanishi mumkin: elektron franchayzing, remarketing, kontent-marketing, hamkorlik marketingi, affiliate network, SMM-Social media marketing va boshqalar. Bunda quyidagi qoida juda muhimdir: The customer is just a click amay – birgina turitki bian mijozni batamom yo’qotishingiz mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin