Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə173/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Elektron marketing (elektronic marketing, e-marketing) informatsion texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan xolda bozorda o’z egallagan joyini kengaytirishni, iste’molchilarning tovar va xizmatlardan qoniqishlarini oshirishni va foydani ko’paytirishni ko’zda tutadi. Marketingning 4P-kontseptsiyasini marketingni rejalashtirishning mahsulot (product), narx (price), reklama (promotion) va joy (place) kabi ko‘rsatgichlarini ko’zda tutadi. Elektron marketing uchun ushbu uchta elementlarning integratsiyasi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, muvaffaqiyatli kompaniyalarning saytlari barcha bunday 4P elementlariga ega:
1P (product) – sayt va uning dizayni raqamli maxsulotdir;
2P (price)–sayt mahsulot yoki xizmatning narxini ham ko’rsatadi, va demak u prays-list sifatida bo’ladi;
3P (promotion) – saytning qanchali muvaffaqiyatga erishishini uning usability darajasi (qulayligi, navigatsiyasi, dizayni) ko’rsatadi va shuning uchun bu uning reklama funktsiyasini bajaradi;
4P (place) – sayt va sayt bo’yicha navigatsiya savdo nuqtasining qayerda joylashganini ko’rsatadi va shuning uchun ham u mansulot yoki xizmatning tarqatilish kanalidir.
Internet paydo bo’lishi bilan marketingning tabiati ancha-muncha o’zgarganiga qaramay, 4P-kontseptsiyasi o’zining dolzarbligini yoqotmadi. Amaliyotda esa elektron biznes hamda elektron tijoratda 4P ning tashkil etuvchilari orasidagi farqlar ma‘lummiqdorda yo’qolib ketadi. Xamkorlir munosabatlari marketingi (partnership marketing) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha ko’paytiradi va bunda ko’shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar (personal va mijozlar) – participants, fizik atributlar - physical evidence hamda jarayonlar – process larni ko’rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o’rab-chirmashni o’z ichiga olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko’rsatish to’liq tsiklining barcha biznes-jarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko’rish mumkin. Odatda hal qilinayotgan maqsadi, vazifalari va bajarayotgan funktsiyalari nuqtai-nazaridan marketing bo’limi har qanday turdagi tashkilotda quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iboratdir:
Analitika va izlanish –marketing izlanishlarini amalga oshirish, ma’lumot yig’ish, tahlil qilish va bozor analitikasi natijalarini interpretatsiya qilish.
Mahsulot yoki xizmat bahosini hosil qilish – bozorga yo’naltirilgan ravishda baholash strategiyasini ishlab chiqish va baho hosil qilish modellarini yaratish.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Sotuv jarayonini boshqarish;
Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish – reklama va PR.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish hamda franchayzing.
Elektron biznesni amalga oshirish uchun kompaniya egallagan bozor segmentining xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhim deb hisoblanadi. Iste’molchilarni asosiy kor’satgichlari va iste’mol afzalliklari bo’yicha guruhlashtirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda unga yo’naltirilish (targetlashtirish) muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin. Demak, targetlashtirish – bunga muhtoj bo’lgan iste’molchlarga aniq va maqsadli ta’sir qilishni anglatadi. Bozorlar segmentlarini quyidagicha ko’rinishda tavsiflash mumkin:
Jug’rofiy segmantatsiya–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha, istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar. Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan, potentsial iste‘molchilarga mehmonxanalar, restoranlar, parkovkalar joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez rivojlanayotgan va ommabop turidir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin