Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Elektron biznesini rivojlantirish strategiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə183/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

13.4. Elektron biznesini rivojlantirish strategiyasi Global iqtisod va raqamli iqtisodiyotning mavjudligi tufayli, qandaydir mamlakatning jahon trendlaridan ajralgan holda rivojlanishi mumkin bo’lmay qoldi. Elektron biznesda ham bu holat shunda namoyon bo’ladiki, agarda biror-bir mamlakatda biror-bir sohada muvaffaqiyatga erishgan kompaniya paydo bo’lsa, bu kompaniyaning klonlari darhol boshqa mamlakatlarda ham paydo bo’ladi. Chet el kompaniyalari kloni sifatida hosil bo‘lgan kompniyalar juftliklariga misol qilib quyidagialrni keltirishimiz mumkin: LaModa - ASOS, KuriVIP – Gilt Group, AnywayAnyday – Expedia/Kayak, Game Insight – Zygna, Avito – Craigslist, Wikimart – eBay, Biglion – Groupon, Ozon – Amazon. „Lider ortidan yurish“ strategiyasi vositasida kompaniyalar yaratish va uni rivojlantirish Internet tarmog’ida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar uchun juda ham ommabop bo’lib qoldi va bu strategiya jahon bo’ylab juda yaxshi tijoriy natijalarga olib kelayapti. Masalan, Zalando deb nomlangan nemis oyoq-kiyim kompaniyasi va Rossiyaning Sapato kompaniyasi amerikaning Zappos kompaniyasi nusxasidir. Groupon kompaniyasining klonlaridan biri BuyWithMe.com Grouponning Xitoydagi nusxasi bo‘lib, unda ko’pchilik elementlar – nomlar, logotip va sayt dizayni aynan bir xil qilib ko’chirib olingan. Qonun nuqtai-nazridan bunday ishlarga qarshi turish juda murakkab va katta sarf-harajat talab qiladi. Shuning uchun kompaniyalar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’pchilik xollarda klonlarga unchalik e’tibor bermaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, agar kompaniya yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirsa, o’sha mamlakatlardagi klonlarni uni barcha elementlari bilan birgalikda (mijozlari, infratuzilmasi, ommaviyligi va injener-texnik xodimlari bilan) sotib oladi va ortiqcha harajatlardan qutulgan holgan yangi bozorlarni ham egallab oladi. Masalan, shu strategiyaga amal qilgan xolda Groupon kompaniyasi dunyo bo’ylab 20 dan ortiq yangi bozorlarni o’zlashtirib oldi. Alando.de deb nomlangan eBay ning kloni esa 1999 yilda eBay ga $54 miilonga sotildi. Turli xil mamlakatlarda yaratilgan klonlarni sotib olish biznesning boshqa davlatlarga expansiysi strategiyalaridan biri bo’lib qolishi ham mumkin, chunki muvaffaqiyatli klon yaratish va uni yirik korporatsiyalarga sotish katta foyda keltiradi.
Raqobat va koopertsyia orasidagi tanlov masalasini eBay va Amazon misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz (Stoun B. The everything Store. Djeff Bezos va Amazon erasi. M: Azbuka Biznesa, 2014). 1994 yilda Djeff Bezos oldin kitoblar, so’ngra esa B2B va B2C bozorlarida mahsulot va xizmatlarning keng assortimentini taklif etadigan Amazon internet kompaniyasiga asos soldi hamda bu kompaniya tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1998-99 yillarda esa uning juda havfli raqobatchisi bo‘lgan eBay kompaniyasi rahbariyati bilan yuqori darajadagi uchrashuv uyushtirildi va bu uchrashuvda ularning birgalikda ish olib borishlarining turli variantlari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida shunga kelishildiki, Amazon saytida eBay ga tegishli bo’lgan ilovalar joylashtiriladi, eBay saytida ham Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar.
Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud: Printsipial yangiliklar, mahsulotlar va hizmatlar yaratish – bu juda ham tavakkalchiligi eng katta bo‘lgan strategiyadir, ammo u muvaffaqiyatli o’lgan taqdirda eng katta foyda ham keltiradi. Bunday yangi tovar yoki hizmatni yaratuvchialar iste’molchilarni ham ulardan foydalanishga o’rgatishlari kerak
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’ladi. Agarda iste’molchilar bu mahsulotlardan foydalanishda biror bir manfaat topsalargina, ularni keyinchalik ham ishlata beradilar. Yangi mahsulot yoki hizmatlar liniyasini yaratish – misol sifatida eski Netscape Navigator ishlatilib turilganida yangi mahsulot, Microsoft kompaniyasi Internet Explorer ni ishlab chiqdi – bu esa absolyut yangilik emas, balki oldingisiga qo’shimcha bo’lgan yangi mahsulot edi. Oldin mavjud bo’lgan tovar liniyasini kengaytirish – Bunga misol sifatida gazetalarning internet-versiyalarini va internetdagi bank xizmatlarini keltirish mumkin. Mavjud bo’lgan tovar yoki hizmatlarni mukammallashtirish – masalan, Yahoo tizimi oldin qidiruv ma’lumotnomasi bo’lgan edi, hozirda esa hizmatlar portaliga aylangan. Oldingiga nisbatan arzonroq bo’lgan mahsulotlar yaratish va borlarini imitatsiya qilish – misol sifatida ko’plab internet-provayderlar tomonidan kiritilgan internet to’lovining oldindan belgilangan qiymatini keltirish mumkin. Agarda katta va muvaffaqiyatli kompaniyalarning tarixini o’rganib chiqsak, ularning oldinlar startaplar ko’rinishida bo’lganligini va rivojlanishning barcha bosqichlarini bosib o’tganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu xolatlarni tahlil qilsak, ularning bir qancha o’ziga hos xususiyatlarini bilib olishimiz mumkin. Informatsion texnologiya bilan bog’liq mahsulotlarga kelsak, agar ularda patent bo’lgan taqdirda ham, istalgan raqamli mahsulotni bemalol nusxalab olishimiz mumkin va bunga qarshi samarador kurash usullari xozirda mavjud emas. Shunga qaramay, agar qandayidr raqamli mahsulot yoki yangilik yaratsangiz, o’z savdo markangizni registratsiya qilib olsangiz, foydadan holi bo’lmaydi - bu bilan tovar belgigizni nushalashdan himoya qilib olgan bo‘lasiz. Elektron biznesda muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan kompaniyalar amaliyotini tahlil qilinganida ularning boshqaruvida yo’l qo’yilgan bir qancha xolatlarni bilib olish mumkin bo’ladi: Elektron biznesda uzoq muddat davomidagi muvaffaqiyatni innovatsion yechimlar, yetarli miqdordagi investitsiyalar va kompaniyaning uzoq muddat

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin