Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə189/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • AgTech
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma, uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi, agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. Accenture kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi. Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik texnologiyasi AgTech (Agronomic Technology) nima ekanligini quyidagi tarzda aniqroq qilib tushuntira olamiz: Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki agrotexnologiya (AgTech) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo, agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida paydo bo’lgan. PwC kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. AgTech-loyihalarda ROI (Return of Investment) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard dollarga o’sdi (Forbes ning ma’lumotlari). Bu xolatning sababini usoqlardan qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ-xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “Aqlli qishloq xo’jaligi”ni tadbiq qilishning kontseptsiyasini loyihasi nashr etildi. Ushbu kontseptsiyaning asosiy maqsadlari – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xosildorligini va sifatini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining samaradorligini ko’paytirish, qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoyalash, turli hildagi o’simliklarning rivojlanishiga tashqi ta’sir etuvchi nobop faktorlarning oldini olish, qishloq xo’jaligining zamonaviy usullarini tadbiq qilish va ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishdir. Bunda alohida e’tibor mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga yuqori texnologiyalarni tadbiq qilishga va xo’jalik yuritishning raqamli usullarini keng miqyosda qo’llashga qaratiladi. Ushbu maqolada esa mualliflarning taklif etilayotgan kontseptsiyaga nisbatan tanqidiy fikrlari, uni rivojlantirish bo’yicha takliflari va bu yo’nalishdagi bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar yoritiladi. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida aqlli qishloq xo’jaligi kontseptsiyasini to’laqonli tadbiq etishning eng asosiy masalalari sifatida quyidaglarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin