Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə190/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
 Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish;
 Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda ishlatish;
 Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish;
 Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga eksport qilish;
 Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish;
 Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat havfsizligini ichki va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash;
 Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi o’g’itlarning sarfini kamaytirish;
 Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish;
 Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash, sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan foydalanish;
 Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar – dronlardan foydalanish;
 Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilish;
 Resbublika qishloq xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish;
 Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga o’tish;
 Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish;
 Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish;
 Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari va uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka erishishga yordam beradi;
 Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish lozim;
 Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish, saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini yo’lga qo’yish;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
 Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish, consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar yaratish;
 Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish;
 Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida rivojlantirish;
 Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-mexanizmlar yaratish;
 Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish;
 Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy boyliklarining samaradorligini ta’minlash;
 Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish;
 Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik infratuzilmasining samaradorligini oshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
(AR) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti (internet of things IoT) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan “Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq, sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan, chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori talablarni o’zida aks ettirishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi. Yangi qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi, omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar.
Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-o’qituvchilarning malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin