2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015-2020 yillar: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi elektron biznes modellarining paydo bo’lishi.
2020-2030 yillar: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib, ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, narsalar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transprot ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari
Bu yangi korporativ madaniyat
Bu yangi boshqaruv va nazorat usullari
Bu katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlik
Bu sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlari
Bu ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari
Bu narsalar interneti va masofaviy ta’lim (MOOC)
Bu blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlar
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bu mayning jarayoni hamda mustaqil biznez yuritish imkoniyati
Bu yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyati
Bu katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayoni
Bu mustaqil pul birligi va kriptovalyutalar
Va boshqa juda katta imkoniyatlardir