Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi.
Raqamlashtirish esa – raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi – bu raqamlashtirishdir.
Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud.
Birinchi yo‘nalish – mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir.
Ikkinchi yo‘nalish – eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi: real tovarlar va hizmatlar ta’minotchilari hamda xaridorlari sektori;
dasturiy ta’minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori;
qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.
Bunda u quyidagi yo‘nalishlarni va texnologik segmentlarni o‘ziga qamrab oladi: Big data texnologiyalari ;
sun’iy intellekt texnologiyalari;
blokcheyn texnologiyalari va ICO;
kvant texnologiyalari;
ishlab chiqarish aqlli texnologiyalari;
sanoat interneti texnologiyalari;
robototexnika texnologiyalari ;
simsiz aloqa texnologiyalari;
virtual reallik texnologiyalari. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi: Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim? Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak bo’ladi?