Uchuvchisiz boshqaruladigan qurilmalar - dronlar bo’yicha mutaxassislar –inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan, sanoatda, logistikada, qishloq ho’jaligida, transportda dronlardan foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar.
Sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar – iqtidoiyotning turli sohalarida sun’iy intellekt tizimlarini yaratish va undan samarali ravishda foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bilimlar injeneriyasi (knowledge management) bo’yicha mutaxassislar– turli sohalarga oid malakali mutaxassislar va o’qituvchilarnng bilimlarining bankini yaratish va undan foydalanish masala va muammolari bilan shug’ullanadilar. Buyumlar interneti arxitektorlari – tarmoqqa bir qancha turli qurilmalarning tarmoqqa ulanishini, real vaqt rejimida ma’lumotlarning uzatilishi va qayta ishlanishini, ma’lumotlarning optimal saqlanishinihamda tizimlarning kiberhavfsizligini ta’minlab beradi. Bioinformatik– amaliy tibbiy bioma’lumotlarni tahlil qiladi, turli hildagi masala va muammolarni hal qilish uchun hisoblash usullaridan amaliyotda foydalanadi, shu jumladan, genlarning funktsiyalarini va ularda shifrlangan oqsillarining funktsiyalarini bashorat qilishda, yangi va samarali shifo vositalarini yaratishda hamda turlarning xosil bo’lish jarayoni modellarini yaratishda. Data-jurnalist– raqamli dunyidan olingan hayotiy ma’lumotlar asosida turli xildagi reportajlar yozadi va natijada matn va unda keltirilgan faktlar hamda muallifning fikrlari sonli asosga hamda isbotga ega bo’ladi. Virtual muhit dizayneri (VR-arxitektor) – virtual olamni boshqalarga namoyish qilish uchun mo’ljallanilgan texnik qurilmalar va dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi, uning dizaynini ishlab chiqadi hamda bular vositasida interaktiv syujetlar yaratadi. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ovozli interfeyslar dizayneri– insonning raqamli yordamchilar, chat-botlar, personal robotlar bilan ovozli muloqot qilishiga imkon beradigan interfeyslarni yaratadi, sun’iy intellekt javob reaktsiyalarining algoritmlarini tuzadi.