Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Ixtisoslashgan kurslar.
Dasturiy Ta’minot (DT) ni ishlab chiqish sohasi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida
o’qitish darajasi va bozor ehtiyojlariga yo’naltirilganlik imkoniyatlari bilan davlat oliy o’quv
yurtlari va kollejlariga nisbatan afzalliklarga ega tijorat asosidagi o’quv markazlari ham faoliyat
yuritmokda. Ushbu o’quv muassasalari mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
sertifikatlash, jumladan xalqaro e’tirof etilgan dasturlar bo’yicha sertifikatlashni amalga oshiradi
va yanada yuqori darajani ta’minlaydi.
Kadrlarni ixtisoslashgan kurslarda tayyorlash va ularni dasturiy yechimlarni ishlab chiqish
borasidagi loyihalarga jalb etish davom etmoqda. Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-
quvvatlash markazining YoDTQM) kurslarida o’qitish «Dasturlash», «Internet-texnologiyalar»,
«Ma’lumotlar bazasi», Loyixalash va ZD-modellashtirish», «Kompyuter grafikasi», «Operasion
tizimlarni ma’murlashtirish» yo’nalishlari bo’yicha olib boriladi. O’qitish davomida stajirovka
va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha loyihalarga jalb etish maqsadida tinglovchilarning


eng qobiliyatli va faollari aniqlanadi. Yosh dasturchilarni o’qitishdan tashqari yosh dasturchilarni
tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazining faoliyati sifatli milliy dasturiy maxsulotlarni ishlab
chiqish va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishga qaratilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida O’zbekiston-Hindiston o’quv markazi
tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda, u yerda tinglovchilarga axborot texnologiyalar sohasida 6 dan
12 haftalikracha bepul kurslari doirasida (Diploma in Information Technology, Advanced
Diploma in Information Technology), biznes-kompyuting (Diploma in Business Computing),
veb-texnologiyalar (Diploma in Web Technologies) bo’yicha treninglar o’tkaziladi. Hindistonlik
mutaxassislarning o’zbek hamkasblari bilan hamkorlikda yaratilayotgan va o’qitilayotgan kurslar
dasturida axborot texnologiyalari sohasidagi barcha zamonaviy oqimlar va dasturiy ta’minotni
ishlab chiqish ilg’or sanoatining talablari hisobga olingan. Bu o’rinda ta’lim jarayonida eng
yangi texnologiyalar, dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasini qo’llagan holda amaliy dasturlash
bilan birga, shuningdek, DTni ishlab chiqish bo’yicha loyihalarni boshqarishga ham alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Ko’plab yosh mutaxassislarga aniq loyihalarda ishtirok etish orqali malaka oshirish markazi
vazifasini o’tovchi yosh dasturchilar uyushmasi ham soha bozorida faol qatnashmoqda (batafsil
ma’lumotlar qo’yidagi manzilda:
www.developers.uz
). Ochiq yechimlarni ishlab chiqish
sohasida mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmokda. Jumladan, erkin va ochiq
kodli dasturiy ta’minotning salohiyatini oshirish va ilgari surish doirasida Toshkentda
BMTTDning «AKT siyosati» (ICTP) loyihasi ko’magida «OS Linux ma’murlashtirish»
mavzusida trening-kursi o’tkazildi, unda YoDTQMning o’qituvchilari ishtirok etdi. Shu bilan
birga, kasbiy o’qitish bo’yicha tasdiqlangan dastur asosida BMTTDning «AKT siyosati» loyihasi
ko’magida 2007 yilda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotga oid kurslar bo’yicha darsliklar
nashr etildi. Ochiq kodli dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarni o’qitish va malakasini
oshirish uchun O’zbekistan Linuks-hamjamiyati ham muhim hudud vazifasini o’tadi.
BMTTDning «AKT siyosati» (ICTP) loyihasi doirasida AT bo’yicha ko’ngillilar xizmati
faoliyat yuritmoqda. U yerda poytaxtdagi oliy o’quv yurtlari talabalarini zamonaviy dasturlash
texnologiyalarga o’qitish tashkil etilgan. Maqsad esa keyinchalik ular nodavlat tashkilotlari,
davlat muassasalari, o’quv yurtlarining axborot texnologiyalari salohiyatidan foydalanishishiga
ko’maklashishidan iborat.
Soha bozorida, shuningdek, o’z tinglovchilariga sertifikat beruvchi Microsoft dasturiy
mahsulotlar bo’yicha kasbiy o’qitishga yo’naltirilgan o’quv markazlari faol qatnashmoqda.
Bozorning mazkur segmentida qo’yidagi o’quv markazlarini alohida ta’kidlab o’tish zarur -
NetDec kompyuterga o’qitish markazi, Softline o’quv markazi, UCD Microsoft o’quv markazi,
«7 Levels» o’quv markazi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin