Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayo-



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

10.2 Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayo-
nida qo'llashning didaktik asoslari
Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning paydo bo’lishi
sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot texnologiyalari" atamasi bilan
siqib chiqarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida elektron vositalar yordamida axborotni
yig’ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish, va ishlatish jarayonlari tushuniladi. Shunday qilib,
ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazala-
ridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foyda-
lanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
Didaktika quyidagi vazifalarni bajaradi:
- “nimaga”, “nimani”, “qanday” o’qitish kerak degan savollarga javob beradi;
- ta’limning sharoitini tasvirlaydi va tushuntiradi;
- o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirib va tarbiya bilan bog’lab ta’limning mohiyati,
qonunlari va tamoyillarini tadqiq qiladi;


- ta’lim mazmunining pedagogik asoslarini aniqlaydi;
- yangi ta’lim tizimlarini, o’qitish texnologiyalarini, formalarini, metodalrini ishlab chiqadi;
- diagnostika (tashxis) tizimlarini, nazorat va ta’lim natijalarini loyihalaydi;
- turli ta’lim konuyepsiyalari asosida ta’lim natijalarini bashorat qiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari):
ta’lim jarayoni, ta’lim qonuniyatlari
va tamoyillari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil etish shakli.
Bu terminalogiyaga mos holda ta’lim axborot texnologiyalarini (TAT) o’quv jarayonini
amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi
sifatida ta’riflasa buladi. Elektron vositalar tarkibiga qo’llanilishi TAT metodik qo’llanmalarida
ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.
TAT ning apparat, instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik
g’oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin, o’zimizning va chet ellarning
ta’limga ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko’rib chiqar ekanmiz, ularning ko’pchiligini
didaktik ko’rsatkichlarga ko’ra xattoki "qonikarli" ham deb bo’lmaydi. Gap shundaki, ta’limga
muljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyixalash jarayonida – AUT
ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to’ldirayotganda, modellashtiruvchi tipdagi
kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol va masalalari ishlab chiqish
jarayonlarida belgilanadi. Afsuski, TAT ning metodik ta’minoti texnik vositalar rivojidan ancha
ortda qolmoqda. Buni metodik jihatdan TAT ni psixologiya, pedagogika, telematika, kibernetika,
informatika singari murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo’ladi. Kasbiy ta’lim uchun
TAT ni yaratish aynan uning mavzusi sohasini, dars o’tish metodikasini yaxshi bilish zarurligi
bilan ham qiyinlashadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin