11.1.O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik ergonomik
talablar va ularni sifatini baholash
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda
ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish
bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy
ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va
hakozolardir.
Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar.
Keyingi
paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu
borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda.
Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar,
intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim
resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy
materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini
keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: