Elektron ta’lim resurslari
– bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv
qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar,
multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr
– bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa
axborot obyektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki
kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
Elektron o’quv nashri
– bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr
bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z
ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma
– bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani
(amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi
modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Dostları ilə paylaş: