ishlab chiqarish va boshqaruv tarmoqlarini robotlashtirish, ijtimoiy strukturalarning radikal
o’zgarishi – barchasining negizida axborot faoliyati muhitini kengaytirish yotadi.
Yangi media, shuningdek video, sun’iy yo’ldoshlar va telekommunikatsiya texnologiya-
larining ishlatilishi kengaydi. Monopoliyadan
musobaqaga, bir tomonlama kommunikatsiyadan
o’zaro xarakatlanish va dialog tomon siljish bo’ldi. Media – texnologiyalar soni butunlay o’sdi,
shu qatorda eski media shakllari mikrokompyuterlarni ishlatish bilan qo’shildi. Tasvir, ovoz va
matn
birlashdi, audiovizual madaniyati kundalik xayotga aylandi. Jamiyatni axborotlashtirishga
texnologiyalarni faol kirib kelishi oliy ta’limning baza tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yaqin
kunlarda ham biz oliy muhandislik ta’limi sustligi haqida gapirar edik. Bunday ta’lim aniq bilim
bermaydi va hozirgi davrda o’quv jarayonini qo’llashga mablag’i yo’qligi tufayli ulgurmaydi.
Bugungi kunda xolat sezilarli o’zgaryapti. Axborot texnologiyalar dunyo sardorlarining nigohlari
mutaxasislarni oliy maktab bazasida tayyorlash tomon qaratildi. Zamonaviy
axborot
texnologiyalar yutuqlarini oliy maktab o’quv jarayonida qo’llash ta’lim olayotganlarga
noan’anaviy axborot qabul qilishga imkon beradi, ijod qilishga yangi imkoniyatlar beradi va
mustaqil ishlash samaradorligini oshiradi. Bu faktlar yangi axborot strukturasi
yaratilishga
yordam beradi - ta’limiy muhitga - axborot texnologiyalarni yuqori darajasi, axborotni qabul
qiluvchiga yetkazish va ko’rsatish, rivojlangan vositalari bilan xususlashgan
texnologiyalar va
ta’lim jarayonini hamda o’quvchilarni bilimini nazoratga olish vositalarini tashkillashtirish,
o’quv - uslubiy va laborator jixozlashtirish, markazlashtirish tavsifiga ega.
Ta’lim sohasini nazariy va amaliy ishlanmalar bilan ta’minlash va axborot texnologiyalarni
qo’llash zamonaviy jamiyatning zaruriy yo’nalishlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: