Samarqand davlat arxitektura-qurilish


-mavzu. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'lim jarayonida



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

14-mavzu. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'lim jarayonida
foydalanishning istiqbolli yo'nalishlari va kelajagi. Kasbiy ta'limning informatsion-texnik
asoslari: zamonaviy informatsion ta'lim texnologiyalari (Media) yordamida o'qitish va
o'qish (2 saot).
Mavzu rejasi:
14.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'lim jarayonida
foydalanishning istiqbolli yo'nalishlari va kelajagi.
14.2. Kasbiy ta'limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta'lim
texnologiyalari (Media) yordamida o'qitish va o'qish.
Tayanch so’z va iboralar: Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, ta'lim
jarayonidaAKT vositalaridan foydalanishning istiqbolli yo'nalishlari, kasbiy ta'limning
informatsion-texnik asoslari, media yordamida o'qitish va o'qish.
14.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'lim jarayonida foydalanish-
ning istiqbolli yo'nalishlari va kelajagi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan
boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar
ko’nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar
talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir.
Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida
dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha
bosqichlarida pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish
lozim; o’quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat
tomonidan to’liq moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab olgan
yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni
axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul
qilish kerakdir.


Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish
jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko’rsatmoqda. Ta’limga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad –
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi
imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini t a ‘ l i m j a r a yo n i g a keng ko’lamda
joriy qilish quyidagilarni beradi:
· o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o’qituvchilar tomonidan qidirib
topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
· elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni
tez-ashtirilishi;
· talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv
ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv
materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy-
texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin