Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

Nazorat savollari
1. Masofadan o’qitish nima?
2. Masofadan o’qitishning afzalliklari nimalardan iborat?
3. Elektron darsliklarni o’quv jarayonida qo’llash afzalliklarini aytib
bering.
4. Qanday turdagi elektron darsliklarni bilasiz?


5. Elektron darsliklarni qanday mezonlar asosida qiyosiy tahlil qilish
mumkin?
1. O’quv materiallarini taqdim etishning qanday shakllari mavjud?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Alimov R.X., Xodiyev B. Yu. va boshqalar. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnolo-
giyalari. Toshkent. «Sharq», 2004 yil.
2. Aripov M., Begalov B. va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Oliy o’quv yurtlari uchun
o’quv qo’llanma. Toshkent-Noshir-2009.
17-mavzu. EO'Kni amalga oshirish shakllari va uning o'quv-tarbiyaviy jarayondagi o'rni.
O'qitish axborot texnologiyalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonga integrasiyasi(2 soat).
Mavzu rejasi:
17.1. Elektron o’quv kursini amalga oshirish shakllari va uning o’quv-tarbiya jarayonidagi
o’rni.
17.2. O'qitish axborot texnologiyalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonga integrasiyasi.
17.3. O'IT o'quv-tarbiyaviy jarayonga integrasiyalashishining modeli.
Tayanch so’z va iboralar: Shaxsiylashtirilgan ta’lim jarayoni ,Modellashtiruvchi dasturlar,
gipermatnli texnologiya, O’AT integrasiyasi, Monitoring va ko’nikish, Loyihani amalga oshirish.
17.1. Elektron o’quv kursini amalga oshirish shakllari va uning o’quv-tarbiya jarayonidagi
o’rni
Ko’pchilik hollarda, EO’K ning barcha materiallari o’quvchiga elektron taqdim etishning
istalgan ko’rinishida disketlarda, kompakt-disklarda, elektron pochta orqali taqdim etilishi yoki
ta’lim serverida (lokal tarmoqda yoki Internet orqali) qo’yilishi mumkin. Modellashtiruvchi
dasturlar, yakuniy testlashni o’tkazish uchun mo’ljallangan tizimlar va sh.k., ularning ishi
serverning axborot resurslaridan foydalanishga asoslansa, istisno qilinishi mumkin. Jumladan,
masalan, serverda joylashtirilgan testlash tizimlari, teskari aloqaning taxmin qilinadigan barcha
kanallari orqali keladigan natijalar qayta ishlanishini ta’minlashi mumkin. O’quvchi ularni
elektron pochta orqali uzatishi, disketda taqdim etishi yoki Internet orqali foydalanish mumkin
bo’lgan interaktiv dastur yordamida testlashdan o’tishi mumkin.
Tabiiyki, yuqorida yodga olingan (2.1-band) elektron o’quv-metodik vositalarning har bir turi
uchun, bilimlarni taqdim etishning, foydalanuvchi interfeysini tashkil qilishning o’z usullari va
shakllarini, materialni yetkazish, bilimlarni tekshirish metodlarini tanlashga to’g’ri keladi.
Elektron o’quv-metodik materiallarni yetkazish va teskari aloqa usullari foydalanuvchining
imkoniyatlariga bog’liq ravishda tanlanadi: operativ teskari aloqani ta’minlash uchun elektron
pochtadan foydalangan holda, Internet dagi yoki lokal tarmoqdagi ta’lim serveridagi EO’K,
disket yoki kompakt-diskdagi avtonom elektron darslik.
Ta’lim serveridagi elektron darslik va elektron o’quv kursi: amalga oshirish uchun
texnologiyalarni tanlash. Hozirgi vaqtda amaliyotda, EO’Klarini loyihalashda asosan quyidagi
texnologiyalar qo’llaniladi:
• ma’lumotlar bazalari texnologiyalari (shu jumladan, multimediali) bilan birgalikda yuqori
daraja dasturlash tilida loyihalash;
• gipermatnli texnologiyalar;
• ixtisoslashtirilgan instrumental vositalar yordamida loyihalash.


Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanilganda, darslik dasturiy kompleks sifatida
amalga oshiriladi va ma’lumotlar bazasida saqlanadigan didaktik materiallardan foydalanishni
ta’minlaydigan alohida bajariladigan modulni ifodalaydi. Bunday mahsulot ko’paytirishdan ham,
testlash tizimiga ruxsatsiz kirishdan ham yuqori darajada himoyalangan bo’ladi. Bu
yondashuvning asosiy afzalligi shundaki, yuqori darajadagi dasturlash tillari (Object Pascal,
S++) dan va ma’lumotlar bazalarini boshqarishning kuchli tizimlaridan foydalanish, har qanday
mualliflik g’oyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Boshqa texnologiyalar bu narsani juda
murakkablashtirib yuboradi yoki amalda mumkin qilmaydi. Bundan tashqari, dastur interfeysi
(oyna turi, elementlarning uning ichida joylashishi, shriftlar) har doim o’zgarmas bo’ladi, ayni
vaqtda gipermatnli hujjatning tashqi ko’rinishi, turli dasturlardan ko’rish uchun foydalanilganda,
jiddiy farq qilishi mumkin. Darslikni yangilash dastur kodini o’zgartirish bo’yicha
mutaxassislarning jiddiy mehnatini talab qiladi, yuqori darajadagi tillarda dasturlarni tayyorlash
uchun zarur bo’lgan zamonaviy dasturiy ta’minot anchayin qimmat mahsulotdir. Bunda,
dasturlash texnologiyalaridan foydalanib EO’K ni tayyorlash, loyihada pedagogga o’z qarorlarini
tiqishtiradigan emas, balki u bilan konstruktiv dialogga tayyor bo’lgan yuqori malakali
dasturchilar ishtirok etishini talab qiladi. Pirovardida, har bir elektron darslik, yaratilishi paytida
asosiy e’tibor sof texnik muammolarni hal etishga qaratiladigan noyob va qimmat mahsulotga
aylanadi. Bunday faoliyat o’quv yurti yoki o’quv-metodik markaz strukturasida elektron
darsliklar tayyorlash bo’yicha maxsus bo’linma bo’lgandagina maqsadga muvofiq.
To’laqonli elektron o’quv kursini yaratish uchun eng keng imkoniyatlarni gipermatnli
texnologiya beradi. Biz zarur axborot oson topiladigan va o’tilgan materialga qaytish mumkin
bo’lgan, qulay o’qitish muhiti bilan farq qiladigan zamonaviy gipermatnli EO’K ning
afzalliklarini ko’rib chiqdik. Bunday darslikni loyihalashda, inson tafakkurining axborotni
bog’lash qobiliyatiga va assosiativ qator asosida undan tegishlicha foydalanishiga tayanib,
giperhavolalar kiritish mumkin. Bu holda, EO’K o’zida dinamik gipermatn ham qo’shilishi
mumkin bo’lgan gipermatnli hujjatni ifodalaydi. Uni yaratish uchun HTML, JavaScrtpt,
VBScript, Perl, PHP tillaridan va darslik ishlab chiqish jarayonini osonlashtiruvchi qo’shimcha
dasturiy vositalar: vizual redaktorlar, gipermatn kompilyatorlari va sh.k.lardan foydalaniladi.
Ushbu texnologiya asosida yaratilgan darslikning afzalligi, olingan mahsulotning platformaviy
(dasturiy) bog’liq emasligi, shuningdek, uni o’quvchilarga taqdim etishning universalligida:
darslik disketga yoki kompakt-diskka yozilishi, Internet tarmog’i orqali yoki o’quv yurtining
lokal tarmog’ida tarqatilishi mumkin. Bundan tashqari, bu darsliklarni takomillashtirish oson,
mazmuni juda tez o’zgaradigan (informatika, qonunchilik masalalari va sh.k.) o’quv fanlari
uchun bu juda muhim.
Amalda darslikni ruxsatsiz ko’paytirishdan, test kalitlarini deshifrlashdan muhofaza qilishning
mavjud emasligi bu texnologiyaning kamchiliklaridir.
Uchinchi yondashuvning o’ziga xosligi oraliq holat bilan belgilanadi. Bunda elektron
darslikni loyihalash maxsus instrumental dasturiy vosita yordamida amalga oshiriladi. Ushbu
holatda, elektron darslikni yaratishdan oldin instrumental vosita – EO’K avvaldan
strukturalangan materiallarini ko’zda tutilgan shaklga keltirish imkonini beradigan maxsus
dastur ishlab chiqiladi. Ko’pgina hollarda, bunday darslik mohiyatan, multimedia ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Maxsus so’rovlar bo’yicha zarur axborotni izlab topish
uchun mo’ljallangan maxsus tillarni saqlab turish, shuningdek, topilgan axborotni o’quvchi
uchun qulay ko’rinishda taqdim etish, bu tizimning asosiy funksiyalari hisoblanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin