Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

ma’lumot va matndan tashqari, yana qo’shimcha ikkita segment-tasvir va nutqni qayta
ishlashni ta’minlaydi.
Axborot muhiti axborotlarni qayta ishlash, qabul qilish, o’tkazish va qidirish qobiliyatiga
ko’ra qismlarga bo’linadi. O’z navbatida, qayta ishlash qobiliyati insonning axborotlarni qabul
qilish imkoniyatiga ko’ra aniqlanadi. Ayrim hollarda axborot shakl, hajm va hakazo belgilar
bo’yicha tarkiblashtirishni talab qiladi.
Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo’ladi. Chunki u axborotlarni
uyg’unlashtirishga qancha ko’p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham shuncha kam bo’ladi.
Foydalanuvchining faoliyat samaradorligini oshirish uchun axborotlarni integrallash jarayonini
turli yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Integrallash jarayonining darajasini belgilashni yangi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari SHK, MBBT lar ta’minlaydi. Asosiy urg’u turli xildagi
axborotlarni qayta ishlash imkonini beradigan va o’z ichiga integrallashgan ma’lumotlarni qayta
ishlash vositalari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vositalari va matnli
prosessorlarni oluvchi amaliy dasturiy ta’minotga qaratiladi.
5.3. Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va
ta'minoti
Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar
kiradi: odam(xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta’minot. Ular birgalikda boshqaruv
usullari uchun ma’lumotlarni qayta ishlaydi (5 - rasm).


5 - rasm. Axborot tizimining namunaviy tarkibi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (6 - rasm).
Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy, uslubiy,
ergonomik, psixologik va lingvinistik ta’minotdan iborat bo’ladi.
Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli,
joylashtirilish hajmi (axborotlarni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikasiyalashtirish
tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo’yicha loyiha qarorlarining shuningdek
ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko’rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikasiya-
lashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o’z ichiga oladi.
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot – axborot tizimlari ishi uchun mo’ljallangan texnik vosita-
lar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin