5. An’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi ikki an’anaviy segment
ma’lumot va
matndan tashqari, yana qo’shimcha segmentlarni qayta ishlashni ta’minlaydi?
6. Kim axborot manbasiga muhtojdir?
6-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot
tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra
qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari (2 soat).
Mavzu rejasi:
6.1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.
6.2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish.
6.3. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.
Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, AAT larining hayotiylik
sikli, AAT larining tasnifi, qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.
6.1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
Avtomalashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy sikli Avtomatlashtirilgan axborot
tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy sikl»
kabi iqtisodiy
kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to’xtatishgacha bo’lgan
oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AATning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1. Loyiha oldi bosqichi(rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv
tizimini, birinchi galda axborot tizimlarini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AATga nisbatan
qo’yiladigan
talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab
chiqishda rasmiylashtirish.
2. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq
avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim
tarkibini (tizimli arxitektura)
ishlab chiqish, AATning texnik loyihasini rasmiylashtirish.
3. Qo’llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim,
ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo’llanma
yo’riqnomalarni yaratish, qo’llanma loyihani rasmiylashtirish.
4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini
kompleks tuzatish,
xodimni o’qitish, AATni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.
5. Ekspluatatsiya (kuzatib qo’yish, modernizasiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya,
dasturiy
va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AATning ishi to’g’risida
statistik ma’lumotlar yig’ish, xato va kamchiliklarni to’g’rilash, AATni modernizasiyalashga
nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.
Axborot tizimlarining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga
oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o’zgarishlarga
muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida
navbatdagi qarorlar
uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to’plami shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: